So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  1 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

"Paxtakor" rahbariyatiga murojaat Yangiliklar

"Paxtakor" rahbariyatiga murojaat

Teglar :  Paxtakor
Murojaatni bugun saytimizga chiqqan maqola bilan boshlamoqchiman.

"Paxtakor" hakamlar yordamiga muhtojmi?

"Paxtakor" shundoq ham kuchli tarkib va Evropadan kelgan murabbiyga ega. Jamoa shundoq ham oliy ligadagi istalgan klubni mag'lub etishi mumkin. Ammo oxirgi o'yinlarda hakamlar "yordami"ni ham inkor eta olmaymiz. To'g'ri, "Paxtakor" chempionlar ligasi uchun harakat qilmoqda va buning uchun qolgan hamma o'yinlarni yutishga majbur. Lekin oxirgi uch uchrashuvdagi g'alaba ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldiki, bundan ko'z yumib bo'lmaydi. "Paxtakor"ga ayniqsa Namangandagi mag'lubiyat og'ir botdi va keyingi bellashuvlardan boshlab barcha raqiblarini yuta boshladi.

Endi savol tug'iladi: nima uchun biz g'alaba qozonayotgan boshqa jamoalarni gapirmayapmiz? Masalan, nima uchun matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda "Lokomotiv"ning yoki bo'lmasa "Nasaf"ning g'alabasi muhokama qilinmaydi? "Loko"ni ko'ryapmiz, raqibga umuman imkon qoldirmay shartta gollarni urib tashlayapti. SHuningdek, "Nasaf" ham ikkinchi davrada boshqacha o'yin ko'rsatmoqda. "Bunyodkor" hamon kuchayishga erishish davrini boshdan o'tkazyapti. Lekin nimaga bu klublar gapirilmayapti?

Nega derbiga Ravshan Ermatov qo'yilmadi?

Biz juda yaxshi bilamiz, "Paxtakor" qanday shonli tarixga ega ekani-yu, jamoaning doim kuchlilar qatorida bo'lib kelganini. Faqat oxirgi paytlardagi mojaroli voqealar nima uchundir aynan "Paxtakor" ishtirokidagi o'yinlar bilan bog'liq bo'lib qolayotgani kishini ajablantiradi. O'ylashimizcha, rahbariyat bu borada zudlik bilan majlis o'tkazib, kun tartibiga bir nechta savollarni qo'ygani maqul. Zero, ahvol shu tarzda davom etaversa, klub shaniga dog' tushib qolishi mumkin.

X.Xoliqov.



Hamkasbim Xayrulla Xoliqovning so'zlarida albatta jon bor. Futbolimiz yangi bir sahifaga o'tgani kundak ravshan. Jonlanib qolgandek. Ammo, yangi sahifa zarvaraqlarida eski hikoya takrorlangandek...

"Paxtakor"da rahbariyat o'zgarib islohotlar boshlanganida barchamiz sukut saqlab tikilib qoldik.
Kimdir havas bilan, kimdir hasad bilan, kimdir omad tiladi, kimdir tish qayradi. Muhimi bu emas. Muhimi, biz buni tan olamizmi yo'qmi o'tmishda bilib bilmay yo'l qo'yilgan xatolar klubning bugungi kuniga ham tasir qilayotgani aniq.

Barchamizga yaxshi tanish holat Toshkentda judayam yaxshi kafe ochiladi, u erga butun bir shahardan muzqaymok eyish uchun odamlar kela boshlaydi. Kafening "nomi" chiqadi. Keyin esa muzqaymoq sifati keskin tushib ketadi. Uning eski egalari sekingina chetga o'tishi mumkin. Aql bilan ish tutganda yangi egalar kafe bilan nima qilishlari aniq -  bugungi kunda PR va REBRENDING so'zlari bilan ataladi. Oddiygina qilib aytsak –  biroz putur etkan obro', oqlanmagan ishonchlar bilan TUBDAN YANGI YO'L bilan ishlash. O'ylashimcha, siz bilan biz "Paxtakor"da aynan shuni guvohi bo'lish arafasidamiz. Lekin, o'tmish bunga biroz soya tashlayotgani – kuni kecha derbida hakamlar bilan sodir bo'lgan holat bunga misol bo'la olishi aniq.  Eng qizig'i, shaxsan mening fikrimcha bunda "Paxtakor" va uning siyosati umuman aloqador emas  - hakamlarning duxi va uning natijasi, o'tmishdagi xatolar va ularning mevasi.

SHularni barchasini inobatga olgan holda, men "Paxtakor"ning yangi rahbariyati bilan ochiq muloqot qilishni so'ramoqdaman  -  championat.asia saytining mehmoni bo'lib sodir bo'layotgan hodisalarga o'z bahoingizni berishingiz, birinchi ko'ldan malumot olishimizga imkon yaratishingiz va oxirgi kunlardagi chalkashliklarga oydinlik kiritishga yordam berishingizni kutib qolamiz.

Matluba Mustaeva

Reyting: +58   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика