So’nggi yangiliklar

10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  1 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  6 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  9 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  33 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37

"Paxtakor" Piter Xyuistra bosh murabbiy bo'lganini rasman tasdiqladi Yangiliklar

"Paxtakor" Piter Xyuistra bosh murabbiy bo'lganini rasman tasdiqladi

Gollandiyalik mutaxassis "Paxtakor" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

SHu kungacha jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida ishlab kelgan gollandiyalik mutaxassis Piter Xyuistra endi "Paxtakor" bosh murabbiyiga aylandi. U SHota Arveladze bilan murabbiylar shtabida birga faoliyat yuritib kelayotgandi. Oxirgi yillarda shakllantirilgan hujumkor, chiroyli va muxlislarga maqul keladigan futbol falsafasiga asoslangan o'yin uslubini yanada yaxshilab borishga urinish shu tariqa davom ettiriladi.

Piter futbolchilik faoliyatida SHotlandiyaning mashhur klublaridan biri "Glazgo Reynjers" sharafini besh mavsum himoya qilib, besh marta chempionlikka erishgani bilan mashhur. SHuningdek, Piter "Groningen", "Vendam", "Tvente", "Sanfrechche Xirosima", "Lers" va "Rozendal" kabi klublarda o'yngan. Gollandiya, SHotlandiya, Yaponiya va Belgiya chempionatlarida jami 413 bellashuvda 78 gol urishga erishgan. Gollandiya terma jamoasi tarkibida 1988-91 yillarda 8 o'yinda maydonga tushgan.

Xyuistra murabbiylik ishini 2001 yil "Groningen" yoshlar jamoasida bosh murabbiy sifatida boshlagan. 4 yillik faoliyatidan so'ng "Vitess" va "Ayaks" klublarida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan. Keyin «Ayaks» yoshlar jamoasi, «Groningen», «De Graafsxap» klublarida va Indoneziya terma jamoasida bosh murabbiy sifatida faoliyat olib bordi.

2017 yil iyun oyidan boshlab "Paxtakor"da yordamchi murabbiy sifatida ishlab keldi va jamoa g'alabalariga o'z hissasini qo'shdi. Endilikda Piter bosh murabbiy lavozimida faoliyatini davom ettiradi. Unga jamoamiz bilan sovrinlarni qo'lga kiritishda davom etishini tilaymiz!", - deb yozadi "Paxtakor" klubi rasmiy sayti. 

championat.asia sayti oldinroq Piter Xyuistra bosh murabbiy bo'lishi haqida xabar bergandi.



Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика