So’nggi yangiliklar

09:25Илҳом Мўминжонов: "Бубаня билан келишувга эришилди. Олдимизда Суперлигага чиқиш вазифаси турибди"  0 09:00Эшитдик-да! "Бухоро" собиқ футболчилари "Истиқлол"га ўтмоқда  0 08:35Санжар Шоаҳмедов "Металлург"да  1 08:05Маҳмуд Маҳамаджонов: "Андижон"га совринлар ютиш учун келдим"  5 07:40"Арал" россиялик ҳужумчи билан шартнома имзолади  1 00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  4 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  9 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  8 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  5 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  15 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  25 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  8 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3

"Paxtakor" - "Nasaf". Uchrashuv haqida malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "Nasaf". Uchrashuv haqida malumotlar

Teglar :  PaxtakorNasaf
Oliy liganing 4-turida "Paxtakor" "Nasaf"ni qabul qiladi.

11 aprel kuni jamoamiz 4-tur bahsini Toshkentda "Nasaf" bilan o'tkazadi.

Tayyorgarlik

"Paxtakor" CHempionlar ligasi Erondagi bellashuvdan keyin Toshkentga juma kuni etib keldi. O'sha kundan uchrashuvga tayyorgarlik boshlandi. "Nasaf" esa seshanba kuni o'z maydonida maydonga tushgandan keyin bahsga hozirlik ko'rishga kirishdi.

Qarama-qarshilik


Oliy ligada jamoalar hozirgacha 38 bor uchrashishgan. 22 o'yinda "Paxtakor", 7 bellashuvda "Nasaf" g'alaba qozongan. 9 uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. Jamoamiz 55 to'p kiritib, 28 bor darvozasidan to'p olib chiqqan. Toshkentdagi 19 bahsning 16tasida "sherlar" g'olib bo'lgan. "Nasaf" poytaxtda 1 g'alaba va 2 durang qayd etgan.

O'yin rasmiylari

Uchrashuvni buxorolik Ilgiz Tantashev boshqarib boradi. U hozirgacha "Paxtakor"ning oliy ligadagi 11 bellashuvini boshqargan. Ularning 9tasida zafar quchgan jamoamiz 2 bor durang o'ynagan.

"PAXTAKOR" - "NASAF"
Hakamlar
: Ilgiz Tantashev (Buxoro), Ruslan Serazetdinov (Toshkent), Andrey Snetkov (Toshkent viloyati), Asker Najafaliev (Toshkent).
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: Farhod Magometov.

CHiptalar
O'yinga chiptalar "Paxtakor" stadioni kassalarida sotiladi. Ularni 5 va 15 ming so'mdan xarid qilishingiz mumkin.

Yoshlar tarkiblari 10 aprel, yakshanba kuni 14:45da Qibrayda bahslarini boshlashadi. Asosiy jamoalar to'qnashuvi 11 aprel, dushanba kuni 18:30da "Paxtakor" stadionida start oladi. Turning markaziy uchrashuvida jamoamizni qo'llab-quvvatlang!

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика