So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  8 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  7 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  22 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

"Paxtakor" muxlislar klubi sardori: "Balki bugun yil o'yini" Yangiliklar

"Paxtakor" muxlislar klubi sardori: "Balki bugun yil o'yini"

Bugun "Paxtakor" o'z maydonida amaldagi chempion "Lokomotiv" jamoasini qabul qiladi.

Mazkur uchrashuvga "Paxtakor" muxlislari qanday tayyorgarlik ko'rayaptilar, bu borada muxlislar klubi sardori Ilhom Yoqubbekov bilan qisqacha suhbatlashdik.

"Hal qiluvchi bosqichga kelganda jamoamiz o'z o'yinini topib olgani biz muxlislarni xursand qildi. Endi shu tempini saqlab qolishimiz va 3 yildan beri erisha olmayotgan chempionlik kubogini qaytarishimiz kerak deb o'ylayman. Boshlanishiga jamoamizning o'yini biroz qovushmadi. Lekin so'nggi o'yinlarni ko'rib mazza qildik", - deydi muxlislar klubi sardori.

- Bu yil avvalgilariga qaraganda stadionga kelayotgan muxlislar soni nisbatan oshdi, bu ko'proq nima bilan bog'liq?
- Toshkentda har doim muxlislarning tashrifi bilan muammo bo'lib kelgan. Lekin bu yil to'g'ri aytdingiz, 2017-2018 yilga nisbatan ancha muxlislar tashrifi oshdi. Klub rahbariyati imkon qadar ularga sharoit yaratib berishga harakat qilayaptilar. Safar o'yinlarida ham yolg'izlatib qo'ymayaptilar. Imkoniyati bor muxlis bor, imkoniyati yo'g'i bor. Klub esa ularga yordam berayapti. Oldinlari 2-3 ming nafar muxlis kelsa quvonayotgan edik. Joriy mavsum 5000 nafar muxlis kelishi odatga aylandi. Eng muhimi klubga bo'lgan ishonch qaytdi va bundan unumli foydalanishimiz kerak.

- Ertangi o'yin haqida nima deysiz? (Suhbat 19 oktyabr kuni bo'lib o'tgan)
- Faqat g'alaba! "Lokomotiv"ni 6 ochkoga oldinlab ketishiga yo'l qo'ymasligimiz kerak. So'nggi ikkita o'yindagi tempni ushlaydigan bo'lsak va "Loko" bilan kubok o'yinini yodga olgan holda shu o'yinlarimizni namoyish qilsak g'alaba qozonishimizga ishonaman. Lekin raqibni hurmat qilishimiz kerak, bejizga ketma-ket chempion bo'lmadilar.

- Muxlislarga nima degan bo'lardingiz?

- Har kungidan ko'ra bu o'yinda biz jamoamizni qo'llab-quvvatlab turishimiz kerak. 12-o'yinchi degan atama  bejizga aytilmagan va "Lokomotiv" bilan o'yinda biz ham o'z so'zimizni aytishimiz kerak.


Nig'mon Nozimov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика