“Paxtakor” - “Metallurg”: “Metallurg” safardagi ilk g'alabasini bugun nishonlaydimi?
06 iyu 2014 16:30
Yangiliklar
“Paxtakor” - “Metallurg”: “Metallurg” safardagi ilk g'alabasini bugun nishonlaydimi?
Bu yilgi milliy chempionatimiz Bekobodning “Metallurg” jamoasi uchun yaxshi boshlanmadi.
Rustam Mirsodiqov shogirdlari chempionat boshida ketma-ket to'rt bor mag'lub bo'lishdi. Jamoa uch marta safarda va bir bor uyda yutqazib qo'ydi. Keyinchalik tez orada o'ziga kelib olgan jamoa ketma-ket to'rt uchrashuvda mag'lubiyat nimaligini bilmadi: uch g'alaba va bir durang. Umuman olganda, “Metallurg” shu paytgacha beshta safarda o'ynab, bittasida duang qayd etdi va to'rtta bellashuvda imkoniyatni boy berdi.
Bugun esa bekobodliklar Toshkentda “Paxtakor” mehmoni bo'lishadi. “Paxtakor” - chempionlik uchun kurashayotgan jamoa. Bu jamoa o'z uyida “Lokomotiv” bilan durang o'ynadi va boshqa raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi. Lekin “Paxtakor” oliy liganing oxirgi to'rtta bahsidan faqat bittasida g'alaba qozondi. Ayni paytda “Paxtakor” 24 ochko bilan 2-o'rinda, “Metallurg” esa 13 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.
“Paxtakor” o'z uyida hozircha 6ta gol urdi. Bu ko'rsatkich “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Olmaliq” va hatto “Metallurg” bilan taqqoslaganda ham birmuncha past deganidir. Aytib o'tganimizdek, “Metallurg” shu vaqtgacha safarda beshta o'yin o'tkazib, birortasida ham g'alaba qozona olmadi. Ehtimol, jamoaning ilk g'alabasi bugungi bahsda qayd etilar. Albatta, kuch va imkoniyat borasida “Paxtakor” ancha ustun, lekin bu – futbol, oldindan bir narsa deyish qiyin.
X.Xoliqov.

Fikrlar