So’nggi yangiliklar

08:05ЕЧЛ. ПСЖ биринчи ўйинда ғалаба қозонди, "Арсенал"нинг голи ҳисобга олинмади  0 07:58Анчелоттининг Бразилия билан келишуви барбод бўлиши мумкин, Нега?  0 07:30Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади  0 01:54ЕЧЛ. ПСЖ Лондонда "Арсенал"ни таслим этди  99 00:30Вадим Абрамов: "Ҳар қандай ҳолатда ҳам биринчи ўринда қоламиз"  1 00:15"Ал Аҳли" "Ал Ҳилол" устидан ишончли ғалаба қозониб, Элит ОЧЛ финалига йўл олди!  27 23:50Февзи Давлетов: "Афсуски, йўл қўйган иккитагина хатомиз туфайли мағлуб бўлдик"  1 23:35Эрик Дайер "Бавария"ни тарк этади. Унинг кейинги жамоаси аниқ  0 22:49Мендининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  2 22:20Кетма-кет иккинчи мавсум Ўзбекистон Кубогининг амалдаги ғолиби гуруҳдан чиқа олмади  24 21:40"Лочин" бош мураббийи Сардор Тўхтаев: "Андижон" — бизни икки карра кўпроқ куч билан ўйнашга ундайдиган жамоа"  10 21:15Ўзбекистон кубоги. "Сурхон" ўз майдонида "Динамо"га мағлуб бўлди, "Андижон" гуруҳда қолиб кетди  22 20:55Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" ўз майдонида йирик ғалаба қайд этди  2 20:35Александр Хомяков: "Футболда ишонч ва хоҳиш кўп нарсани ҳал қилади"  34 20:18Учта ўйинда 14:1, саудияликлар фойдасига. ОЧЛ Элит кубоги Саудияда қоладими?  10

Superliga. "Paxtakor" "Metallurg" ustidan irodali g'alabaga erishdi, CHerandan dubl Yangiliklar

Superliga. "Paxtakor" "Metallurg" ustidan irodali g'alabaga erishdi, CHerandan dubl

Superliganing 7-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindagi hisob 12-daqiqada ochildi. Stanislav Andreevning autdan tashlab bergan to'pini Islombek Isoqjonov jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi - 0:1.

Keyingi daqiqaning o'zida mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Masharipov chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va darvoza qarshisida turgan sherigiga to'pni uzatdi, Dragan CHeran osongina gol urdi - 1:1.

36-daqiqada bosh hakam "Metallurg" darvozasi tomon penalti belgiladi. Bu vaziyatda SHukurullaev Lobanov Masharipovni yiqitgan deb topdi. "Nuqta"dan CHeran gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi - 2:1.

Birinchi taymning qolgan daqiqalarida ham, ikkinchi taymda ham muxlislar boshqa gol ko'rishmadi va "Paxtakor" o'z maydonida irodali g'alabaga erishdi.


"Paxtakor" - "Metallurg" 2:1
1 may 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 18:30
Hakamlar:
Akobir SHukurullaev, Alisher Usmanov, Ramil SHayaxmitov, Doston Raxmonov.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov.
Kommissar: Laziz Qo'chqorov.

Gollar: Islombek Isoqjonov 12, - 0:1 (Stanislav Andreev). Dragan CHeran 13, - 1:1 (Jaloliddin Masharipov). Dragan CHeran 37 penalti, - 2:1.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Akrom Komilov, Jaloliddin Masharipov (Sardor Sobirxo'jaev, 63), Dragan CHeran, Igor Sergeev (Sobit Sindarov, 86), Dostonbek Hamdamov, Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak, 72), SHerzod Azamov, Marko Simich, Javohir Sidiqov.
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Alisher Salimov, Egor Krimec, SHohruh Mahmudxojiev, Marat Bikmaev, Farruh Sayfiev.

"Metallurg": Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Ibrohim Yo'ldoshev (Muhammad Isaev, 46), Islom Isoqjonov (Sergey Tumasyan, 80), Bahrom Abdurahimov, SHavkat Mullajonov, Doniyor Usmonov (Suhrob Nurulloev, 56), Kamoliddin Tojiev, Stanislav Andreev, Akbar Ismatullaev, Bahodir Pardaev.
Zaxira: Zafar Safoev, Mahmudjon Qudratillaev, Zohid Abdullaev, Muzaffar Muzaffarov, SHahzodbek G'ofurbekov, Odilbek Abdumajidov.

Ogohlantirishlar: Ibrohim Yo'ldoshev 27, Aleksandr Lobanov 36, Muhammad Isaev 66.



Paxtakor

Dragan CHeran - 13', Dragan CHeran - 37'

Superliga. 7-tur

01/05/2019, 18:30

1
:
2
Tugadi

Metallurg

Islombek Isoqjonov - 12'

45'
90'
13'  Dragan CHeran
13'  Jaloliddin Masharipov
37'  Dragan CHeran
63'  Jaloliddin Masharipov (Sardor Sobirxo’jayev)
72'  Odiljon Hamrobekov (Vladimir Kozak)
86'  Igor Sergeyev (Sobit Sindarov)
12'  Islombek Isoqjonov
12'  Stanislav Andreyev
27'  Ibrohim Yo'ldoshev
36'  Aleksandr Lobanov
46'  Ibrohim Yo'ldoshev (Muhammad Isaev)
56'  Doniyor Usmonov (Sukhrob Nurulloyev)
66'  Muhammad Isaev
80'  Islombek Isoqjonov (Sergey Tumasyan)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90. O'yin tugadi. "Paxtakor" irodali g'alabaga erishdi

86. O'zgarish. "Paxtakor". Igor Sergeev o'rniga Sobit Sindarov tushdi

80. O'zgarish. "Metallurg". Islombek Isoqjonov o'rniga Sergey Tumasyan tushdi

73. ZARBA! Sergeevning chalqanchasiga bergan zarbasi salgina noaniq chiqdi

72. O'zgarish. "Paxtakor". Odiljon Hamrobekov o'rniga Vladimir Kozak tushdi

66. Ogohlantirish. "Metallurg". Muhammad Isaev

63. O'zgarish. "Paxtakor". Jaloliddin Masharipov o'rniga Sardor Sobirxo'jaev tushdi

57. Xavfli vaziyat. "Metallurg" jarima to'piga ega bo'ldi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Abbos Otaxonov noaniq tarzda yo'lladi

56. O'zgarish. "Metallurg". Doniyor Usmonov o'rniga Suhrob Nurulloev tushdi

46. O'zgarish. "Metallurg". Ibrohim Yo'ldoshev o'rniga Muhammad Isaev tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45. Birinchi taym tugadi. Hozircha 2:1, "Paxtakor" oldinda

43. Zarba! Burchakdan oshirilgan to'pni Dragan CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi, Lobanov to'pni ushlab oldi

39. Zarba! Dostonbek Hamdamovning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

37. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dragan CHeran penaltidan gol urdi - 2:1.



36. Ogohlantirish. "Metallurg". Aleksandr Lobanov

36. PENALTI! "Metallurg" darvozasi tomon. Aleksandr Lobanov Masharipovni yiqitgani uchun bosh hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi.

27. Ogohlantirish. "Metallurg". Ibrohim Yo'ldoshev

25. "Metallurg"da jarima to'pi. Ibrohim Yo'ldoshevning zarbasi anchagina noaniq ketdi

17. Xavfli vaziyat. Igor Sergeev birga bir vaziyatga chiqib borib darvozaga zarba berdi, Lobanov o'z o'rnida

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Dragan CHeran! Masharipov chap qanotdan jarima maydoniga kirib bordi va darvoza qarshisida turgan sherigiga to'pni uzatdi, Dragan osongina hisobni tenglashtirdi - 1:1. 



12. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AJOYIB GOL! Islombek Isoqjonov ajoyib gol urdi 0:1. Andreevning autdan tashlab bergan to'pini Isoqjonov jarima maydoni tashqarisidan darvozani ishg'ol qildi. 



6. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" chap qanotdan hujum tashkil qildi, havodan oshirib berilgan to'pni CHeran boshi bilan darvozaga yo'lladi, zarbaga birozgina aniqlik etishmadi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi. 



YANGILASH

Reyting: -72   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика