So’nggi yangiliklar

22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  3 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  9 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  53 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4

“Paxtakor-Kurilovka” jamoasi qanday tashkil etilgan? Yangiliklar

“Paxtakor-Kurilovka” jamoasi qanday tashkil etilgan?

“Paxtakor-79” jamoasi xotirasiga bag'ishlangan “Xotira qanotlari” turnirida “Paxtakor-Kurilovka” jamoasi ishtirok etishi haqida xabar bergandik.

O'zbekistonning Ukrainadagi favqulodda va muxtor elchisi Alisher Abdualiev, “Farmak” (Ukraina) kompaniyasi, Fila Jibrovskaya, O'zbekiston futbol associaciyasi, Ukraina futbol federaciyasi, “Paxtakor” futbol klubi, Kurilovka qishloq qo'mitasi ko'magi bilan “Paxtakor-Kurilovka” jamoasi “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnirda ishtirok etadi. 1979 yil 11 avgust kuni “Paxtakor” jamoasi aynan Kurilovka qishlog'i osmonida halokatga uchragandi. 2009 yil ushbu qishloqda “Paxtakor” jamoasi xotirasiga atab yodgorlik ochilgan. 2013 yil O'zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi, o'zbek futboli faxriysi Habibulla Abdualiev va bir guruh ishqibozlar tashabbusi bilan Kurilovka qishlog'ida “Paxtakor” jamoasi tashkil qilindi. Jamoa zarur sport va futbol ekipirovka hamda anjomlari bilan taminlandi.

“Paxtakor-79” fojiasiga 40 yil to'lishi oldidan 1988 yilgi Olimpiada chempioni Evgeniy Yarovenko “Paxtakor”ning o'sha tarkibi haqiqiy professionallardan tashkil topgani, ular butun Ittifoq bo'ylab muxlislar yoqtirishganini takidladi. Ukraina va O'zbekiston o'rtasidagi iliq munosabatlar davom etishiga umid bildirib, jamoa hamisha ukrainaliklar tomonidan eslanib, yodgorlikka etibor qaratilishi haqida so'zladi.

1983 yil SSSR chempioniga aylangan Oleg Taran O'zbekistonda doimo ularni iliq qarshi olishganini takidlab, stadion muxlislar bilan to'lib turishini yodga oldi. “Paxtakor” futbolchilari mahoratiga doimi tan berganini aytib o'tdi.

1988 yil SSSR chempioni bo'lgan Aleksey CHerednik “Paxtakor” O'zbekistonning xalq jamoasiga aylanganini eslab, o'sha jamoadagi ko'plab futbolchilar bilan terma jamoa yig'inlarida birga bo'lganini takidladi. O'sha “Paxtakor” sobiq Ittifoqning eng kuchli besh jamoasidan biri bo'lganini etirof etdi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика