Eshitdik-da! "Paxtakor" hujumchisi "Neftchi"ga transfer qilindi. Farg'ona klubi qancha pul to'ladi?
12 fev 2021 10:50
Yangiliklar


Eshitdik-da! "Paxtakor" hujumchisi "Neftchi"ga transfer qilindi. Farg'ona klubi qancha pul to'ladi?
"Neftchi" qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibiga yana bir yangi futbolchini qo'shib oldi.
Selekciya ishlarida faollikni qo'ldan boy bermayotgan "Neftchi" jamoasi "Paxtakor" hujumchisi Ulug'bek Hoshimovni transfer huquqini sotib oldi. Futbolchi yangi mavsumni farg'onaliklar safida boshlaydi. Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Neftchi" Hoshimov uchun 200 million so'm to'lagan.
Malumot o'rnida takidlash joizki, Ulug'bek Hoshimovga o'tgan mavsum "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze bitta o'yinda imkoniyat taqdim qildi. Superliga 23-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" bilan kechgan uchrashuvning 85-daqiqasida maydonga tushgan va 6 daqiqa o'ynagandi. SHuningdek, iqtidorli forvarda ayni damda O'zbekiston U-20 terma jamoasi azosi ham hisoblanadi.
Reklama
O’xshash yangiliklar

Fikrlar