So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  4 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

"Paxtakor" hujumchiga yolchimayapti Yangiliklar

"Paxtakor" hujumchiga yolchimayapti

"Paxtakor"ning CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizligida mudofaa vakillarini ayblayotganlar talaygina va ular haqli.

Ammo unutmaslik kerak, oldingi chiziqda ham ishlar sira yurishmadi. Jamoaga vaziyatlarni yakunlashni biladigan tajribali va sovuqqon markaziy hujumchi yotishmayotgandek ko'rinmoqda. SHubhalanganlar uchun oxirgi 1 yilda "Paxtakor" libosini kiygan forvardlar statistikasini keltiramiz.

Eren Derdiyok — yillik maoshi 1,3 mln evroni tashkil qilgan futbolchi "sherlar" uchun 2020 yilning birinchi qismida 13 o'yin o'tkazib, 4 golga mualliflik qildi. 

U "Paxtakor"dan keyin Turkiya chempionatining 2-divizionidan jamoa topdi va 400 ming evro yillik maosh evaziga shartnoma imzoladi.

SHerzod Temirov — "Mashal"dan olib kelingan o'yinchi 2021 yilgi mavsumda 8 ta gol urdi. Buning uchun hujumchiga 1180 daqiqa kerak bo'ldi.

Boyan Matich — Eren ketgazilganidan keyin uning o'rni serbiyalik forvard bilan to'ldirildi. Matich mavsumning 2-qismida "Paxtakor" libosini 16 o'yinda kiyib, atigi 2 ta gol urdi. 

Oliver SHarkich — Slavche Voyneski faoliyatining asosiy qismini hujum chizig'ining markazida o'tkazgan chernogoriyalik futbolchidan asosan boshqa amplualarda foydalanyapti. Mavsum avvalidan beri 477 daqiqa o'yin amaliyoti berilgan SHarkich faqatgina bir marta raqiblari darvozasini ishg'ol qildi.

Mirjahon Mirahmadov — yil avvalida "Bunyodkor"dan "Paxtakor"ga ko'chib o'tgan futbolchi faqat OCHLdagi diskvalifikaciyasi bilan esda qoldi.

Yani, 2021 yilning avvalidan beri "sherlar" uchun maydonga chiqqan 5 nafar markaziy hujumchi raqib darvozasini faqatgina 15 marta ishg'ol qildi. Malumot uchun, biroz orqaroqda o'ynaydigan Dragan CHeran bu davrda 24, 20 yoshli Husayn Norchaev esa 26 golning mualliflifiga aylangan. 

Muallifning boshqa fikrlarini kuzatish uchun telegram-kanalga azo bo'lishni unutmang.

Muallif :
Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика