So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  3 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

"Paxtakor": Futbolchilarimiz mavsum qahramonlari safida Yangiliklar

"Paxtakor": Futbolchilarimiz mavsum qahramonlari safida

Teglar :  Oliy ligaPaxtakor
Oliy liganing 2015 yilgi mavsumi yana bir turdan keyin yakuniga etadi.

Hozircha "Paxtakor" 11-chempionlik uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan. Oxirgi turda Toshkentda "Andijon" dog'da qoldirilsa, bunga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Ortda qolgan 29 tur mobaynida futbolchilarimiz o'zlarini ko'rsatib kelishmoqda. Jumladan, Igor Sergeev 21 to'p kiritib, to'purarlar ro'yxatida peshqadamlardan biri va yana 3 golli pasi bilan gol+pas ro'yxatida 24 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Gol bilan tugagan pas oshirishlarini eng ko'p "Olmaliq" yarim himoyachisi SHavkat Salomov uddalagan. U 11 marta jamoadoshlari uchun shunday imkoniyat bergan. Undan keyin katta Jasur Hasanov 9 va yarim himoyachimiz SHerzod Karimov 8 martadan shunday ishni amalga oshirishgan. Stanislav Andreev hisobida gol bilan tugagan 7ta to'p oshirish mavjud. Stas 8 gol urib, gol+pas tizimida oliy ligada 5-pog'onada bormoqda. Bir necha uchrashuvlarda u chap qanot himoyachisi o'rnida harakat qilganini yoddan chiqarmaslik lozim.

Yosh yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov maydonda ko'p vaqt o'ynamagan bo'lsa-da, foyda keltirish borasida juda yaxshi natijaga ega. U 3 gol urib, 6 bor golga sabab bo'lgan harakatlarni amalga oshirgan. SHuningdek, jamoadagi qolgan futbolchilarning ishonchli o'yinlarini ham yoddan chiqarmaslik lozim.

Jamoamiz oldida 20 noyabr kuni "Andijon" bilan o'tadigan muhim o'yin turibdi. Umid qilamizki, unda jamoamiz ijobiy natija qayd etadi va mavsumni muvaffaqiyatli yakunlaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика