"Paxtakor" faxriylari "Navro'z" Kubogi sohibi
20 iyu 2014 12:05
Yangiliklar
"Paxtakor" faxriylari "Navro'z" Kubogi sohibi
"Paxtakor" hal qiluvchi bahsda "Spartak" klubiga qarshi bahs olib bordi.
Tarkibda o'z davrining etakchi futbolchilaridan, SHuhrat Raxmonqulov, No'mon Hasanov, Maruf Po'latov, Olim SHokirov va Furqat Esonboev "Paxtakor" sharafini himoya qildilar. SHuningdek, serbiyalik murabbiy Dragon Dukich va jamoa mamuri Davron Saidov bahsda ishtirok etdilar. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobi bilan yakuniga etdi. Raqib safi nisbatan yoshroq futbolchilar bilan to'lgan edi: Darvozada Alisher Ahmedov. Yana, Fevzi Davletov, Jafar Irismetov, Abdumajid Toirov, Sobir Xodiev, Aleksandr Xvostunov, No'mon Nurmatov, Baxtiyor Qambaralev va mini futbolchilar, Samegov hamda Bo'riev.
Penaltilar seriyasida omad "Paxtakor"ga kulib boqdi, 5:4. Raqiblardan Sobir Xodiev 11 metrlik zarbani aniq amalga oshira olmadi.
"Bunday o'yinlar biz uchun kerak. Yoshlikni eslashga bir sabab-da. SHuning uchun men yoshlarga doim aytaman, futbolni qadriga et, yoshlikdagi davrni keyin qo'msab yurasan deb. To'g'risi bugun raqiblarimiz kuchliroq edi, chunki ular bizdan ancha yoshlar. Oralarida yaqindagina futbolni tugatganlar ko'p. Bir amalla asosiy vaqtda durangga erishdik, penaltilar seriyasida esa bizga omad kulib boqdi", - deydi SHuhrat Raxmonqulov.

Fikrlar