"Paxtakor" Doxada birinchi mashg'ulotini o'tkazdi FOTO
28 jan 2018 10:22
Yangiliklar
"Paxtakor" Doxada birinchi mashg'ulotini o'tkazdi FOTO
"Paxtakor" futbolchilari "Al-Garafa" stadioni hududidagi maydonda Qatardagi birinchi kun mashg'ulotlarini bajarishdi.
Bir soatcha davom etgan mashg'ulotda o'yinchilar dastlab Laslo Yambor boshchiligida chigalyozdi mashqlarini ado etishdi. SHundan so'ng bevosita to'p bilan ishlashga o'tildi. Futbolchilar to'pga bir tegishda uni sherigiga aniq etkazib berish, raqib bosimidan chiqib ketish, tezkorlik bilan hujumga o'tish va jamoaviy kombinaciyalar ustida ishlashdi.
Darvozabonlar Ibrohim Yilmaz qo'l ostida alohida mashqlar bajarishdi. Bir soatga yaqin davom etgan mashg'ulotda barcha futbolchi to'liq ishtirok etdi.
28 yanvar kungi mashg'ulot Toshkent vaqti bilan 21:00da boshlanishi rejalashtirilgan.












O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar