"Paxtakor" "Bunyodkor" bilan o'yinda nega qiynaldi?
01 avg 2021 12:15
Yangiliklar
"Paxtakor" "Bunyodkor" bilan o'yinda nega qiynaldi?
Uchrashuvdan keyin "sherlar" darvozaboni Eldorbek Suyunovning fikrlariga quloq tutdik:
"Derbiga xos bahs bo'ldi, deb o'ylayman. Bugun juda qiynaldik. Buning asosiy sababi tanaffusdan keyin endi 1-o'yinimizni o'tkazayotganimizdir. Ritmga tushib olsak, yana chiroyli o'yinlarimizni ko'rsatish osonroq bo'ladi".
— 87-daqiqada Ibrohim Tomiva sizning darvozangizga yo'l topgan edi. Biroq, bu gol bekor qilindi. To'p uzatilgan mahalda o'yindan tashqari holat yuzaga kelganini bilganmidingiz?
— Ha, ofsaydligini aniq ko'rdim. Har ehtimolga qarshi, oxirigacha kurashishga harakat qildim.
— Boyan Matichni mashg'ulotlarda ko'rdingiz.Taasurotlar qanday?
— U tarkibimizga qo'shilganiga 2 kun bo'ldi. Bugun 1-o'yinini o'tkazdi. Hali xulosa qilish uchun juda erta. Yana 1-2 hafta jamoa bilan shug'ullansa, muhitga ko'nikib o'zini yaxshi tomondan ko'rsatsa kerak.
Fikrlar