⚡️ "Paxtakor" bu yil ham chempionlik uchun asosiy favoritmi? Yangi sarbon va o'yinchilar, "sherlar"ning "zayavka"si
03 mar 2022 08:05
Yangiliklar
⚡️ "Paxtakor" bu yil ham chempionlik uchun asosiy favoritmi? Yangi sarbon va o'yinchilar, "sherlar"ning "zayavka"si
Yangi mavsum oldidan Superliganing ayrim klublari haqida alohida maqola tayyorlashni lozim topdik. Kecha Farg'onaning "Neftchi" klubiga bag'ishlangan materialni etiboringizga havola etgan edik.
Bugun esa mamlakatimizning amaldagi chempioni "Paxtakor"ga navbat. Jamoa chempionatni bugun Samarqandda "Dinamo"ga qarshi bellashuv bilan boshlaydi.
Superligaga tayyorgarlikning asosiy qismi Antaliyada bo'lib o'tdi
"Paxtakor" tayyorgarlikni nisbatan biroz kechroq boshladi. Jamoa 8 yanvardagina Qibraydagi bazada bo'lajak mavsumga tayyorgarlikni boshladi. 11 yanvar kuni "sherlar" yangi bosh murabbiy Slavche Voyneski boshchiligida dastlabki mashg'ulotni o'tkazishdi.
Tayyorgarlikning Qibraydagi birinchi bosqichi doirasida Pro liga vakili "Yangier" (2:0) hamda Birinchi liga azosi "Do'stlik" (6:0) jamoalariga qarshi o'rtoqlik nazorat o'yinlari o'tkazildi. SHundan so'ng jamoa 5 fevral kuni ikkinchi va asosiy bosqich uchun Turkiyaga yo'l oldi. Antaliyadagi yig'in 20 fevralgacha davom etdi. Voyneski shogirdlari u erda 4ta o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishdi. "Championat.asia" sayti ham ikki kishilik tarkib bilan Antaliyaga bordi. SHaxsan o'zim "Paxtakor"ning 3ta ("Ufa" va ikki "Dinamo"ga qarshi) o'yinini va bitta mashg'ulotini to'liq kuzatdim.
VIDEO SAfarda. "Paxtakor" "Ufa" bilan durang o'ynadi + Sardor Rashidovdan intervyu
14 yanvar kungi mashg'ulotga bordik va u erda yangi "Mikrofon" loyihamizni ham oldik. Bu "Dinamo" Tbilisiga qarshi bahsdan oldingi mashg'ulot edi.
VIDEO "Mikrofon". Bu safar u Eldor Suyunovga taqildi, shuningdek, Dragan CHerandan intervyu
"Paxtakor"ning Antaliyadagi o'rtoqlik o'yinlari
"Paxtakor" - "Minay" (Ukraina) - 1:0
"Paxtakor" - "Ufa" (Rossiya) - 1:1
"Paxtakor" - "Dinamo" (Gruziya) - 0:3
"Paxtakor" - "Dinamo" (Ukraina) - 0:0
Antaliya yig'inidan so'ng jamoa 22 fevraldan yana Qibrayda mashg'ulotlarga kirishdi va 27 fevral kuni O'zbekiston Superkubogi-2022 doirasida "Nasaf" bilan bellashdi va o'z tarixida ikkinchi bor superkubokni o'ziniki qildi.
VIDEO "Kichkina kamera": "Paxtakor" - ketma-ket ikkinchi yil Superkubok sohibi
"Paxtakor"ning Superliga dastlabki 5 turidagi raqiblari
1-tur, 03.03.2022
"Dinamo" - "Paxtakor"
2-tur, 10.03.2022
"Paxtakor" - "Neftchi"
3-tur, 16.03.2022
"Olimpik" - "Paxtakor"
4-tur, 01.04.2022
"Paxtakor" - "Navbahor"
5-turda "sherlar" Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo'lishi kerak. Ammo, u paytda chempionlarimiz OCHL guruh bosqichida ishtirok etayotgan bo'lishadi. SHu sabab, jamoaning beshinchi turdagi o'yini boshqa muddatga qoldirilgan.
Yangi sarbon va o'yinchilar
"Paxtakor"ni mavsum oldidan yangi murabbiy qabul qilib oldi. Piter Xyustradan so'ng jamoa ruliga SHimoliy makedoniyalik Slavche Voyneski olib kelindi. Uning birinchi mashg'ulotidan suratlar va lavhani yuqorida joylagan edik. Slavche quvnoq murabbiy, futbolchilar bilan juda yaxshi chiqishib ketdi. Mashg'ulotlarda ham buni payqash qiyin emas. OAV muloqot qilishni yaxshi ko'radi, "Dinamo" (Tbilisi)dan uchralgan yirik (0:3) mag'lubiyatdan keyin intervyu berishini so'raganimda labbay degan va barcha savollarimga javob bergandi.
Kecha "sherlar" yangi futbolchilarni OAV va muxlislarga tanishtirishdi. Aleksey Larin, Kamen Xadjiev, Jasur Yoqubov, Ikrom Aliboev, Sardor Rashidov, Mirjahon Mirahmadov hamda Oliver SHarkichlarga raqamlari tushirilgan liboslar ham topshirildi.
"Paxtakor"ni Anzur Ismoilov, Egor Krimec, Doston Hamdamov, Abror Ismoilov, SHerzod Temirov, Boyan Matichlar tark etishdi. Unchalik ko'p o'ynamagan ayrim futbolchilarni sanab o'tirmadim. Ketganlar o'rni esa ortig'i bilan to'ldirildi. Anzurning ketishi himoya chizig'ini kuchsizlantirib qo'ygandi. Ammo, Larin va Xadjievning kelishi bu muammoni bartaraf etdi. Aliboev hamda Rashidov ham asosiy tarkibning muqim o'yinchilari bo'lishadi. Yoqubov, Mirahmadov va SHarkich esa asosiy tarkibga kirish uchun kurashishlari kerak.
Eng foydali "transfer" - Kamen Xadjiev va Ikrom Aliboev
Odatda, bu yo'nalishda faqat bir nafar o'yinchini tanlab olardim. Lekin, bu safar Kamen va Ikromning foydalilik darajasini birdek deb bildim. Xadjiev katta ehtimol bilan SHerzod Azamovga asosiy tandem bo'ladi. CHap oyoqda o'ynovchi bolgariyalik Antaliyadagi o'rtoqliklarda va Superkubok bahsida juda yaxshi taassurot qoldirdi. Kamen 1.88 metr bo'y va yaxshigina vaznga qaramay juda tez yuguradi, uning tezligi markaziy himoyachilarga xos emas. Maydonda harakatlari ishonchli, shoshib qolmaydi. SHaxsiy fikrimcha, bu mavsum chempionatimizda eng yaxshi ikki legioner himoyachidan biri aynan Xadjiev bo'ladi. Ikkinchisi esa... Bu haqda keyingi maqolalarda.
Ikrom Aliboev ham foydalilik taraflama Kamendan kam emas. Jussasi kichik bo'lishiga qaramay yakka kurashlarda ko'p bor ustun keladi. O'zidan ancha gavdali o'yinchilar bilan ham elkama-elka kurashlarni yutib chiqmoqda. To'pni o'zida yaxshi saqlay oladi, brak paslari kam. Bir so'z bilan aytganda, Ikrom Aliboev "Paxtakor"ni yaxshigina kuchaytira oldi.
"Paxtakor" jamoasining Coca Cola Superliga-2022 uchun O'zPFLda ro'yxatdan o'tkazgan futbolchilari
RAQAMI | Ismi sharifi | Tug'ilgan sanasi | Amplua |
33 | Eldor Suyunov | 12.04.1991 | Darvozabon |
35 | Sanjar Quvvatov | 08.01.1990 | Darvozabon |
44 | Aziz Isaqov | 23.12.2000 | Darvozabon |
51 | Otabek Boymurodov | 05.06.2003 | Darvozabon |
3 | Hojiakbar Alijonov | 19.04.1997 | Himoyachi |
5 | Aleksey Larin (Ukraina) | 04.06.1994 | Himoyachi |
21 | Kamen Xadjiev (Bolgariya) | 22.09.1991 | Himoyachi |
23 | SHerzod Azamov | 14.01.1990 | Himoyachi |
29 | Jasur Yoqubov | 26.03.1999 | Himoyachi |
34 | Farruh Sayfiev | 17.01.1991 | Himoyachi |
48 | Mirkomil Abdurazzoqov | 26.01.2004 | Himoyachi |
54 | Izzat Po'latov | 15.06.2003 | Himoyachi |
55 | Rustam Pozilov | 12.04.2003 | Himoyachi |
58 | Abubakir Ashurov | 12.06.2003 | Himoyachi |
73 | Sunnat Poyonov | 16.06.2004 | Himoyachi |
88 | SHahzod Azmiddinov | 07.06.2000 | Himoyachi |
6 | Ikrom Aliboev | 09.01.1994 | Yarim himoyachi |
7 | Odil Hamrobekov | 13.02.1996 | Yarim himoyachi |
8 | Aziz Turg'unboev | 01.10.1994 | Yarim himoyachi |
10 | Dragan CHeran (Serbiya) | 06.10.1987 | Yarim himoyachi |
11 | Sardor Rashidov | 14.06.1991 | Yarim himoyachi |
16 | Ruslan Roziev | 10.11.2002 | Yarim himoyachi |
18 | Hojimat Erkinov | 29.05.2001 | Yarim himoyachi |
19 | Humoyunmirzo Iminov | 15.01.2000 | Yarim himoyachi |
27 | Sardor Sobirxo'jaev | 06.11.1994 | Yarim himoyachi |
28 | Diyor Xolmatov | 22.07.2002 | Yarim himoyachi |
31 | Abdulloh Abdulazizov | 07.08.2002 | Yarim himoyachi |
32 | Behruz Asqarov | 08.03.2003 | Yarim himoyachi |
36 | Abbos Ergashboev | 28.03.2003 | Yarim himoyachi |
42 | Abbos Fayzullaev | 03.10.2003 | Yarim himoyachi |
43 | Muhammad Mansurov | 16.07.2002 | Yarim himoyachi |
62 | Danat Miftaxutdinov | 17.09.2003 | Yarim himoyachi |
63 | Muhammadali O'rinboev | 24.04.2005 | Yarim himoyachi |
14 | Oliver SHarkich(Belgiya) | 23.07.1997 | Hujumchi |
46 | SHahriyor Jabborov | 14.01.2003 | Hujumchi |
66 | Rustam Turdimurodov | 04.04.2004 | Hujumchi |
77 | Mirjahon Mirahmadov | 15.07.1997 | Hujumchi |
"Paxtakor" bu yil ham chempionlik uchun asosiy favoritmi?
Slavche Voyneski "Paxtakor" bu mavsum ham chempionlik uchun etaklashga harakat qiladi. Kecha bo'lib o'tgan tanishtiruv marosimida mutaxassis bo'lajak mavsum oldidan umumiy fikrlarini bildirib o'tdi.
"Har bir ligani yutish qiyin. Hech bir joyda sovringa ega chiqish oson emas. Superkubok o'yini qanchalik og'ir kechganini hamma ko'rdi. Har bir jamoa bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishga urinadi. CHempionlar Ligasida guruhdan chiqishni istaymiz. O'yinlar Ramazon oyida bo'ladi va biz barchani hisobga olishimiz kerak. Biz har 4-5 kunda maydonga tushishimiz lozim. SHunday tig'iz taqvimda o'ynaymiz. Aprel va mayda juda ko'p o'yinda maydonga tushamiz. Bu holatda barcha kichik jihatlargacha etibor qaratamiz. Milliy terma jamoada ham o'nga yaqin futbolchi to'p tepadi".
"Paxtakor" Superligada himoyasi eng kuchli jamoa nazarimda. Qanotlarda Alijonov va Sayfiev, markazda Azamov, Xadjiev hamda Larin. Markaziy yarim himoyasi ham juda kuchli. Buni Superkubok bahsidan keyingi matbuot anjumanida "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev ham takidlab o'tdi. Jamoada birgina chiziq muammoli - hujum. SHu sabab murabbiy Superkubokda ham markaziy hujumga Dragan CHeranni tushirdi, Sardor Sobirxo'jaev esa hujumchi ortiga tushdi. Hujumdagi muammolarni Voyneski CHeran bilan hal qilmoqchi. Hujumchi sifatida olib kelingan SHarkich esa hujumchi ortida (CHeranni joyida) yaxshiroq ko'rinmoqda va murabbiylar uni aynan hujumchi ortida o'ynatishni boshlashdi.
"Paxtakor" tarkib jihatidan o'tgan mavsumdan kuchsizlanmadi, o'yin jihatidan ham "sherlar"da hammasi joyida. "Nasaf"ga qarshi bellashuvda "Paxtakor" bu yil ham chempionlik uchun asosiy davogar bo'lishini ko'rsata oldi. SHu joyiga Ro'ziqul Berdievdan Antaliyada olgan intervyum paytidagi "Nasaf" ustozining gapini keltirib ketmoqchiman: "Paxtakor" tarkib jihatdan yoki salohiyat jihatdan boshqalardan ajralib tursa kerak. Jamoaga kelganlar ketganlardan kuchli bo'lsa kuchli, lekin aniq kuchsiz emas. Boshqalarga nisbatan "Paxtakor" ustunroq".
Nazarimda, bu yil bosh sovrin yo'lida "sherlar"ga "Nasaf", "Navbahor" va AGMK jiddiy qarshilik qilishi mumkin. Lekin, "Paxtakor" asosiy favoritligicha qoladi.
Fikrlar