So’nggi yangiliklar

21:32"Мальорка" — "Барселона". Педри, Ямал ва Рафинья асосий таркибда  1 21:30"Насаф" — "Шўртан" 0:0 (матнли трансляция )  12 21:28Сергей Лушчан: "Ким хато қилса шу ютқазиши сезилганди"  1 21:12АПЛ. "Тоттенхэм" илк турда йирик ғалабага эришди  2 21:08Виталий Левченко: "Энг зўр мухлислар водийда"  5 20:57Суперлига. "Динамо" Самарқандда ОКМКни мағлуб этиб, 3-ўринга кўтарилди  23 20:44"Ал Айн" — "Ал Батаэҳ". Ғаниев асосий таркибда  0 20:20Футзал. Ўзбекистон ўртоқлик ўйинида Тожикистонни мағлуб эта олмади  3 20:18"Вулверхэмптон" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  12 20:13"Нефтчи" 14 йилдан сўнг Наманганда "Навбаҳор"ни ютди  10 20:05Суперлига. 100 дақиқа давом этган водий дербисида "Нефтчи" Наманганда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  80 18:54"Аталанта" "Манчестер Юнайтед" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  0 16:09"Арсенал"нинг янги мавсумдаги сардори ким бўлади?  1 15:33"Барса" Рэшфордни рўйхатдан ўтказди. МЮдан ижарага олинган ҳужумчи 1-турда "Мальорка" билан ўйнаши мумкин  7 15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  6

"Paxtakor" bilan kelishuv, "Nasaf"dagi ishni davom ettirish, terma jamoaga nomzod O'tkir Yusupov va Nesterov - Denis Ivankov bilan suhbat Yangiliklar

"Paxtakor" bilan kelishuv, "Nasaf"dagi ishni davom ettirish, terma jamoaga nomzod O'tkir Yusupov va Nesterov - Denis Ivankov bilan suhbat

O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov "Paxtakor"da ish boshlaganidan xabaringiz bor.

Klub tizimida faoliyat olib borayotgan tajribali mutaxassis "Paxtakor"ni restartga tayyorlashda yaqindan ko'maklashgandi. Aftidan o'shanda poytaxt jamoasida ish boshlashga yaqin kelgan, biroq yakunda tomonlar kelisha olmagandi. Oradan malum vaqt o'tgach esa Denis Ivankov rasman "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagani haqida xabar chiqdi. Biz yaqinda mazkur mutaxassisni suhbatga chorlab ayrim savollar bilan yuzlandik. 

-  Birinchi galda "Paxtakor"da ish boshlaganingiz bilan tabriklaymiz. Xo'sh, bu qanday sodir bo'ldi? Avval bu jamoa bilan kelishuvga erishmaganingizni aytgandingiz. Keyin esa rasman shartnoma imzolaganingiz malum bo'ldi. Batafsil izohni o'zingizdan eshitsak...

- Tabrik uchun raxmat. Albatta bu men uchun yoqimli. CHunki, siz birinchilardan bo'lib meni tabriklamoqdasiz. "Paxtakor" bilan uzoq vaqt davomida muzokaralar olib bordim. Ikki tomon o'z poziciyalarini bildirdi. Yakunda barcha maslalarni kelishib oldik. SHartnomaga qo'l qo'ydim. Nima uchun bu jamoani tanladim? CHunki, faqat shu jamoagina har tomonlama aniq taklif bilan chiqdi. Boshqa jamoardan ham taklif bo'ldi. Lekin, aniq emas. SHuning uchun "Paxtakor" variantida to'xtaldim. 

- Rahbariyat jamoadagi vaziflaringizni belgilab berdimi? Klubda qaysi yo'nalishda faoliyat olib bormoqdasiz? CHunki, asosiy tarkib bilan Ibrohim Yilmaz shug'ullanmoqda, o'rinbosarlar jamoasida esa Anvar Rashidov...

- Bu borada "Paxtakor" bosh murabbiyi va klub direktori bilan gaplashib oldik. O'zaro suhbatlashdik. Vazifam klub tizimidagi darvozabonlar murabbiylarini nazorat qilib borish. Asosiy jamoadan tortib akademiyadagi murabbiylarni ishigacha o'rganib tahlil qilib boraman. SHuningdek o'zim ham darvozabonlarni shug'ullantirishda davom etaman. 

- Dastlabki ishni nimadan boshladingiz?

- Ishni avval barcha bilan tanishib chiqishdan boshladim. Umuman olganda barchani yaqindan bilaman desam ham bo'ladi. Murabbiylar bilan shaxsan o'zim uchrashdim, ishlarni muhokama qildik, qolgan masalalarni gaplashib oldik. Bu ishni davom ettiryapman. Anvar Tursunovich Rashidov o'rinbosarlar jamoasidagi darvozabonlarga masul, Timur G'aniev birinchi liga jamoasida kiperlarni shug'ullantiradi. Valeriy Karpenko akademiyada o'smirlar bilan ishlamoqda. Ularni barchasi bilan aloqadaman. 

- Bilamiz siz "Nasaf" jamoasida ko'plab darvozabonlarni etishtirib chiqargansiz. Hozirda ham "Paxtakor"da sizning shogirdlaringiz to'p tepmoqda. Bu erda ham Qarshidagi ishni amalga oshirish niyatingiz bormi?

- Ajoyib va o'rinli savol. Yaxshi darvozabonlarni o'zbek futboliga tarbiyalab etishtirib berish "Paxtakor"dagi asosiy maqsadlarimdan biri hisoblanadi. Niyatim ham shu. Bu yo'lda ishni boshlab yubordim. O'zim alohida guruhni oldim. U erda 4-5ta darvozabonlarni shug'ullantirmoqdaman. 

- Klubdagi faoliyatingiz terma jamoadagi ishingizga to'sqinlik qilmaydimi? 

- Yo'q. Umuman halaqit qilmaydi. Bu masalada O'FA bilan gaplashdim. Bilasiz, joriy yil hisobidan terma jamoa ishtirokida uchta rasmiy o'yin qolgan. Birinchi yig'inni sentyabr oyida o'tkazishni reja qilganmiz. O'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushamiz. Ishontirib aytamanki, terma jamoa va "Paxtakor"dagi ishim aslo bir-biriga to'sqinlik qilmaydi. 

- Milliy jamoaning asosiy darvozabonlari Eldor Suyunov, Sanjar Quvvatov. SHunday bo'lsada bo'lajak yig'inlarda darvozabonlar orasida yangi nomlarni ko'rishimiz mumkinmi? Bu borada Vadim Abramovga tavsiyalaringizni berdingizmi? Masalan, Rahimjon Davronov har bir o'yinda 3-4ta seyv qilmoqda. AGMKda Suhrob Sultonov barqaror o'yin namoyish etyapti...

- Superligada o'ynayotgan barcha darvozabonlar kuzatuvimda. Rahimjon Davronov bu yil ishonchli harakat qilmoqda. "Buxoro"dagi Zafar Safoev ham yomon o'yin ko'rsatmayapti. Yana "Andijon"dagi Aslon Ahrorovda ham potencial bor. O'tkir Yusupov asosiy nomzodlardan biri bo'lib turibdi. Uni o'zimni ro'yxatimga qo'shib qo'yganman. Javohir Ilyosov "Lokomotiv"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Umumiy qilib aytganda ularni barchalari bilan aloqadaman. Suyunov va Quvvatov ko'zimni oldida. O'zbek futboli yo'lida darvozabonlar bilan qilinadigan ishlar ko'p. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo'ladi. 

- Ignatiy Nesterovning boy tajribasini hisobga olsak uni yana terma jamoa libosida ko'rishimiz mumkinmi? CHunki, yuqori darajadagi raqiblar bilan uchrashuvlarda tajriba muhim ahamiyat kasb etadi...

- Hamma narsani iloji bor. Lekin, oldindan biron bir fikr bildirish qiyin. Futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика