So’nggi yangiliklar

16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  1 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  4 16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  0 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  43 15:10"Машъал" 2 нафар тажрибали футболчи билан шартнома тузди  0 14:51"Сурхон" "ФарДУ"га имкониятни бой берди  1 14:35"Контега қарши битта ўйин бир йиллик тажрибага тенг"  0 14:08Гвардиола олдида катта танлов: "Сити"да қолиш ёки янги чақирувни қабул қилиш  31 13:39"Челси" "Барселона" аъзоси учун 30 млн евро тўлашга тайёр  2 13:12Ўзбекистон U-20 терма жамоаси устози: "Пенальтилардан фойдаланишни кўп маротаба машқ қилгандик"  31 12:58Ўзбекистон МТЖ собиқ футболчиси "Бунёдкор"да иш бошлади  0 12:30"Манчестер Сити" собиқ футболчиси Ҳусановни мақтади  17 12:03Слот – Гвардиолани АПЛнинг бир мавсумида икки марта мағлуб этган "Ливерпул"нинг биринчи мураббийи!  8 11:37"Барселона" 80 млн еврога баҳоланаётган туркиялик футболчига қизиқмоқда  6

"Paxtakor" - "Andijon": o'yin haqida malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "Andijon": o'yin haqida malumotlar

Teglar :  PaxtakorAndijon
7 mart, dushanba kuni "Paxtakor" oliy liganing 1-turida "Andijon"ni qabul qiladi.

25-milliy chempionatimizni jamoamiz Toshkentda "Andijon"ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. O'yinga doir turli malumotlarni etiboringizga havola etamiz.

Tayyorgarlik

Jamoamiz joriy mavsumda 3 rasmiy bellashuvda maydonga tushdi. Ar-Riyoddan qaytib kelingach, juma kunidan mashg'ulotlar odatiy tartibda o'tkazila boshlandi. "Andijon" esa yangi murabbiy Baxtiyor Ashurmatov qo'l ostida asosan Toshkentda yig'in o'tkazdi. Tarkibda bir qator o'zgarishlar kuzatildi. Raqibning nimalarga qodir ekanini bellashuv ko'rsatib beradi.

Qarama-qarshilik

Hozirgacha jamoalar oliy ligada 44 bor to'qnash kelishgan. Ularning 33tasida "Paxtakor" g'alaba qozongan. 8 bahsda durang qayd etilib, 3 bor andijonliklar zafar quchishgan. 110 to'p kiritgan "sherlar" 31 bor raqibdan to'p o'tkazib yuborishgan. Toshkentdagi 22 o'yinning 19tasida g'olib bo'lgan "Paxtakor" 3 bor raqib bilan durangga imzo chekkan. Safarda "Andijon" oxirgi marta 2010 yil ochko olgan. O'shanda 0:0 hisobi qayd etilgan. O'tgan mavsumda jamoamiz uyda 6:0, safarda 1:0 hisobida zafar quchgan.

Uchrashuv rasmiylari

O'yinni Murod Muhammedov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Muhammedov shu paytgacha oliy ligada jamoamiz ishtirokidagi 6 o'yinda ishlagan. Ularning 5tasida "Paxtakor" zafar quchib, bir bor imkoniyatni boy bergan. 2014 yil u ushbu jamoalar ishtirokidagi bellashuvni boshqarib borgan va o'shanda "sherlar" 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

"PAXTAKOR" - "ANDIJON"

Hakamlar: Murod Muhamedov (Toshkent viloyati), Doniyor Saylolov (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent),  Ravshan Kopadze (Farg'ona).

Nazoratchi:  Dmitriy Roman (Toshkent).

PFL vakili: Ahrol Inoyatov (Toshkent).

CHiptalar

O'yinga chiptalar "Paxtakor" stadioni kassalarida uchrashuv kuni sotuvga chiqariladi. Narxlar 5 va 15 ming so'mdan belgilangan.

"Paxtakor" va "Andijon" jamoalari o'rtasidagi bahs 7 mart, dushanba kuni soat 17:30da "Paxtakor" stadionida boshlanadi. Yoshlar tarkiblari yakshanba kuni soat 16:00da Qibrayda bahsni boshlashadi. Mavsumdagi birinchi uy o'yiniga barcha ishqibozlarni taklif etib qolamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика