So’nggi yangiliklar

17:34"Рома" янги ҳимоячини ўз сафига қўшиб олди  0 17:18Уларга ҳам амалиёт керак ёхуд U-23 терма жамоасини нималар кутмоқда?  1 16:51"Бавария" учинчи либосини тақдим этди – унда 1920 йиллардаги логотип тасвирланган  0 16:26Эрон терма жамоаси асосий дарвозабони 4 ойга дисквалификация қилинди  0 16:03"Манчестер Юнайтед" либосларининг орқа томонига уч нафар афсонанинг исмини ёздириш тақиқланди  0 15:47"Барселона" ва "Реал" афсоналари Месси ўйнайдиган стадионда учрашади  0 15:20Аргентиналик юлдуз МЮни "Челси"га алмаштирмоқчи  1 14:53Илёс Зейтуллаев: "Орзу қилиш зарар қилмайди, охиригача курашамиз!"  0 14:25"Пахтакор" собиқ устози Саудия Арабистони клубида иш бошлади  3 14:01Моуриньо "Вильярреал"га йўл олди  4 13:38"Манчестер Юнайтед" янги ярим ҳимоячи топди  0 12:37"Ливерпуль" Родриго билан шартнома борасида музокара ўтказди  6 12:14Санчо "Боруссия"га қайтиш учун маошини икки баробарга қисқартиришга тайёр  1 12:03Роҳатижон  11 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1

"Paxtakor" Aleksandr Lobanovning xulqi borasida bayonot berdi, darvozabonning o'zi hammadan uzr so'radi Yangiliklar

"Paxtakor" Aleksandr Lobanovning xulqi borasida bayonot berdi, darvozabonning o'zi hammadan uzr so'radi

"Paxtakor" futbol klubi rahbariyati jamoa darvozaboni Aleksandr Lobanovning Qarshidagi o'yindan keyin o'zini tutishi borasida yig'ilish o'tkazdi.

Unda Lobanovning "Nasaf" bilan bellashuvdan so'ng muxlislar provokaciyasiga javob qaytarib, ularga nisbatan hurmatsiz munosabatda bo'lgani ko'rib chiqildi. Yakunda "Paxtakor" darvozabonining o'sha harakati keskin tanqid ostiga olindi va Lobanovga nisbatan "Paxtakor" futbol klubi tomonidan zarur chora ko'rilib, moddiy jarima belgilandi. Bunday vaziyat yana ro'y bergan taqdirda keskinroq chora ko'rilishi haqida ogohlantirildi.

Aleksandr Lobanov Qarshidagi uchrashuvdan so'ng ro'y bergan holatdan afsusda ekanini malum qildi. Bunga uning o'yindan keyin juda asabiylashgani sabab bo'lgan. Darvozabon "Paxtakor" futbol klubi hamda muxlislardan buning uchun kechirim so'raydi. Lobanov bunday hodisa boshqa qaytarilmasligiga vada berdi.

"Paxtakor" futbol klubi futbolchilarning xulqi va o'zini tutishi doimo kuzatuvda ekanini malum qiladi. O'yinchilarga noprofessional harakatlari uchun choralar ko'rilib, ular jazoga tortiladi. Klub O'zbekistonning bayroqdor jamoasi nomiga mos holda faoliyat olib boradi - deyiladi klub bayonotida.

Reyting: -293   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика