So’nggi yangiliklar

01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  0 01:01ЭЛИТ ОЧЛ. Неймар яна жароҳат олди, "Ал Ҳилол" йирик ғалабага эришди  2 00:06Мората ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Родри қолганлардан хотиржамроқ"  0 23:09Фирмино ва Махрезнинг голлари туфайли "Ал Аҳли" йирик ғалабани тантана қилди  0 23:04Элит ОЧЛ. Остон Ўрунов жамоаси дурангга рози бўлди  4 22:42Эшитдик-да! "Пахтакор"нинг Эрон клубига қарши ўйини Тожикистонда ўтиши мумкин  6 22:13"Арсенал"ни тарк этаётган Эду Гаспар бирданига 3та клубни бошқаради ва маоши 3 баравар ошади  1 21:35"Ал-Райян" бош мураббийи: "Дастлабки турларда Саудия "гранд"ларига қарши ўйнадик. Икки жамоа учун ҳам очколар жуда-жуда зарур"  3 21:17Аморим "Манчестер Сити"га қарши баҳс ҳақида: "Агар "Спортинг" ютса кимлардир МЮга янги Фергюсон келяпти дейди"  3 19:52Бруну Фернандеш: "Тен Хагдан кечирим сўрадим"  5 19:211 ой олдин "Насаф"га мағлуб бўлган мураббий "Рома"да Шомуродовнинг янги устозига айланиши мумкин  6 18:52МЮ афсонаси: "Манчестер Юнайтед" - мутлақо ўртамиёна жамоа"  1 18:25Дербида кучлар тенг келди ГАЛЕРЕЯ  0 17:5619 ёшли тўпурар ва бошқалар — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари  3 17:30Эшитдик-да! "Металлург" ва "Қизилқум"га таъқиқ қўйилади, "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ҳам жазоланиши мумкин  8

"Paxtakor" "Al Duhayl"ning oldingi raqiblaridan ikki barobar ko'proq aniq zarba berdi, ammo qatarliklar "sherlar"ning "nozik" joyini topib olishdi Yangiliklar

"Paxtakor" "Al Duhayl"ning oldingi raqiblaridan ikki barobar ko'proq aniq zarba berdi, ammo qatarliklar "sherlar"ning "nozik" joyini topib olishdi

Saudiya Arabistoni yashil maydonlarida OCHL G'arb mintaqasi guruh bosqichi o'yinlari davom etmoqda.

Ertaga, 4-tur uchrashuvlariga start beriladi. Biz esa 3-turda o'zbek klublari o'tkazgan o'yinlarga to'xtalib o'tmoqchimiz.

Al-Duhail SC

Edmilson Junior - 66', Edmilson Junior - 71', Edmilson Junior - 84'

AFC Champions League Grp. D . 3-tur

14/04/2022, 23:15

2
:
3
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Oliver Sarkic - 44', Sardor Sabirkhodjaev - 69'

45'
90'
58'  Almoez Ali (Abdelrahman Fahmi Moustafa)
66'  Edmilson Junior
66'  Bassam Al-Rawi
71'  Edmilson Junior
71'  Sultan Al Brake
74'  Abdullah Alahrak (Tae-Hee Nam)
75'  Karim Boudiaf (Luiz Ceara)
78'  Mohammed Alaaeldin (Ismael Mohammad)
84'  Edmilson Junior
84'  Bassam Al-Rawi
87'  Assim Madibo
43'  Dragan Ceran (Ikrom Alibaev)
44'  Oliver Sarkic
44'  Sardor Rashidov
54'  Odildzhon Khamrobekov
69'  Sardor Sabirkhodjaev
69'  Khoziakbar Alidzhanov
79'  Oliver Sarkic (Jasur Yakubov)
79'  Sardor Rashidov (Azizbek Turgunbaev)
87'  Odildzhon Khamrobekov (Diyor Kholmatov)
88'  Jasur Yakubov

"Paxtakor" "Al Duhayl"ning oldingi ikki raqibidan ikki barobar ko'proq aniq zarba berdi

Qatar kubogining amaldagi g'olibi avvalgi ikki o'yinda raqiblaridan yaqqol kuchli edi va ancha ko'p xavfli vaziyatlar yaratgandi. Hatto, "Al Taavon"ga yutqazib qo'yilgan 1-tur bellashuvida ham qatarliklar katta ustunlik qilishgan va raqibdan ikki hissa ko'proq aniq zarba berishgan. SHunchaki, o'sha kuni mezbon jamoa tarkibidagi Tavamba o'yin taqdirini hal qilib ketgan edi.

"Paxtakor" bilan to'qnashuvda esa ular to'p nazorati va ko'proq pas berishda ustunlik qilishdi. Ammo, keskin golli vaziyatlar yaratishda "sherlar" yaqqol ustunlik qilishdi. "Paxtakor" 90 daqiqa davomida jami 8ta yaqqol golli vaziyat yaratdi va 6ta aniq zarba berdi. Malumot uchun, "Duhayl"ning oldingi ikki raqiblari jami 3ta aniq zarba yo'llashgandi. Bir qarashda Slavche Voyneski shogirdlari yirik hisobda yutib ketishi mumkin bo'lgan o'yin, ammo ... Raqiblar jamoaning "nozik" joyini topib olishdi. Bu haqda biroz pastroqda.


"Paxtakor" futbolchilari o'zlari yaratgan imkoniyatlarning yarmidan foydalanishganda ham hozir g'aznalariga 3 ochko qo'shib qo'ygan bo'lishardi. Yuqorida 8ta yaqqol golli vaziyat haqida yozdim. Ular orasiga H.Erkinovning burchak to'pini to'g'ridan-to'g'ri darvozaga yo'llab to'sinni poylagani, CHeran, Aliboev, Rashidovlarning noaniq zarbalarini kiritmadim. 6ta aniq zarba + Erkinov hamda SHarkich birga bir chiqib ustunni poylagani. Ustun yoki to'singa tekkan to'plar aniq zarba hisoblanmaydi futbolda.

Birinchi bo'limda kiritilgan golda Rashidov hamma ishni alo darajada qilib berdi. Raqibni Messi bir paytlar Boatengni "yo'q" qilib yuborgani kabi "yo'qotdi" va nozik va aqlli pas berdi. SHarkich esa bosh bilan darvozabon oyoqlari orasini qidirib topdi. Golni boshlanishi ham, yakuni ham chiroyli chiqdi. Rashidov yana bir vaziyatda darvozabon o'z joyini tashlab oldinga chiqib ketganda noaniq zarba berdi. Juda qulay vaziyat havoga ketdi. Birinchi bo'limning so'nggi soniyalarida Azamov to'pni oldinga tepdi, Oliver to'pni to'xtatmoqchi bo'ldi, u to'xtatgan to'p Sardorga tushdi. O'ngdan Hojimat bir o'zi kirib kelayotgandi, ammo Rashidov o'zi to'pni sekingina to'qqizlikka tushirib qo'ymoqchi bo'ldi va darvozabon to'pni ushlab oldi. Ehtimol, shu vaziyatda to'p o'ngga tashlab berilganda yanada keskinlikni ko'rishimiz mumkin edi o'sha hujumda.

2-bo'limda havoga sovurilgan vaziyatlarni eslab futbolchilarning o'zlari ham afsuslanayotgan bo'lishsa kerak. 50-daqiqada Alijonov o'ngdan pas, Hamrobekov yaqin burchakka kuchli va aniq zarba berdi. Kiper o'z o'rnida. 53-daqiqada SHarkich tir teginishda Rashidovni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Sardor kirib bordi va o'zi zarba berdi. Darvozabon yana o'zini ko'rsatdi. O'sha epizodda 11-raqamdagi futbolchimiz o'ngdan kirib kelgan Hojimatga yana bir bor etibor qaratmadi.

53-daqiqadagi epizodni skrinshotlar bilan taqdim etaman

 

Ko'rib turganingizdek, himoyachilar Erkinovni yopishga kech qolishgandi va unda bo'sh darvozaga to'pni shunchaki to'g'rilab yuborish imkoniyati yuzaga kelishi mumkin edi.


60-daqiqada yana bir juda katta vaziyat yaratildi. Ikrom Aliboev o'z pasi bilan Hojimatni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Vingerimizda qaror qabul qilish uchun juda ko'p vaqt bo'ldi. Yakunda u uzoq burchakni nishonga oldi. To'p esa ustunga tegib maydonni tark etdi.

Hojimatda ham o'ngroqdagi sherigiga pas berish imkoni bor edi. Ammo, bu epizodda pas berishdan ko'ra zarba berish to'g'ri qaror edi. Faqat ijroda biroz yanglishildi.


"Paxtakor" hisobni ochganidan keyin to'rtta juda qulay "katta" imkoniyatlarni ko'kka sovurdi va buning uchun jazolandi. 66-daqiqada hisob tenglashgach, "Paxtakor" golga tez reakciya qildi. SHu jihat hursand qildi. 69-daqiqada Alijonovning ajoyib pasidan keyin Sobirxo'jaev "ishchi" oyog'i hisoblanmaydigan chap oyog'i bilan gol urdi va jamoa yana hisobda oldinga chiqib oldi. Oldinga o'tib olinganidan keyin yana bir bor katta imkoniyat havoga uchirildi. 70-daqiqada Sobirxo'jaev ajoyib pas bilan Oliverni oldinga chorladi. U himoyachini dog'da qoldira oldi, ammo keyingi harakatlarini ko'ngildagidek ijro etolmadi. Unda o'zi gol urish, Hojimat yoki Ikromga pas berish imkoni bor edi. Bu safar ham ustun qatarliklarni goldan qutqarib qoldi.

SHarkich avvaliga Hojimatni deyarli bo'sh darvoza qarshisida to'p bilan taminlashi mumkin edi, keyin esa o'zidan ko'ra qulayroq poziciyada turgan Ikromga pas berishi mumkin edi. Ammo, u hammasini o'zi bajardi va ustun bilan salomlashdi. Oxirgi skrinshotga etibor qarating, Oliverni qarshisida ikki himoyachi va darvozabon turibdi, kamiga u o'tkir burchakda. Ikrom esa 7  metr darvoza qarshisida variantlari ko'proq holatda to'p so'radi.


Hisobda oldinga chiqib olingandan keyin yana bitta "katta" imkoniyat yo'qqa chiqarildi va buni raqib yana jazoladi. SHarkichning vaziyatidan bir daqiqa o'tib yana o'sha Edmilson hisobni tenglashtirdi. Voyneski shogirdlari bu safar ham golga juda tez reakciya qilishlarimumkin edi. Ammo, SHarkich hammasini buzib qo'ydi. Keling suratlarda ko'ramiz.

Rashidov to'p so'rab yuguryapti, Alijonov esa Sardorga qarab olyapti.


Bir qarashda zargarona pas ijro etilayotgandi...


SHarkich to'pga egalik qilishga urindi va hammasini rasvo qildi.




"Al Duhayl" "Paxtakor"ning "nozik" joyini topib oldi

Qatar klubi futbolchilari shu kuni qo'llaydigan uslublarini 12-daqiqada ishlatishni boshlashdi. Basam Hisham Olungaga uzun pasni ijro etdi va SHerzod Azamov kurashda holib chiqdi. 21-daqiqaga kelib xuddi o'sha Hisham bu safar Edmilsonga ana shunday uzun pasni berdi. Belgiyalik qanotda bo'lgani uchun vaziyat keskinlashmadi. Uchrashuv oldidan "championat.asia" sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'zining telegramdagi kanalida "Al Duhayl" safida eng xavfli o'yinchi Edmilson ekanligi haqida post yozgandi.

28-daqiqada ana shu belgiyalik o'z qanotidan markazga qarab Hamrobekov va Larinni dog'da qoldirgan holda kirib bordi va zarba berdi. To'pni Eldor Suyunov ham Azamovga tekib maydonni tark etdi. 32-daqiqada yana o'sha 5-raqam Olungaga uzun pas berdi, yana Azamov ustun keldi. 1-bo'lim davomida Hisham (5-raqam) va Karim Budiaf Edmilsonga uzun pas berdi. Har ikkisida Alijonov to'pni boshi bilan qaytarib yubordi. "Duhayl" futbolchilari 1-bo'limda 5 marotaba oldindagi ikki futbolchiga uzun paslarni ijro etishdi. SHuning o'ziyoq o'sha kuni jamoa aynan Olunga va Edmilsonga uzun paslar orqali o'ynashi ko'rsatib turgandi.

O'yin davomida 5-raqamdagi Bassam Hisham Olungaga 3 marotaba himoyadan turib uzun pas berdi, har uchchalasida Azamov Olungaga imkon qoldirmadi va xavfni bartaraf etdi.


Xuddi o'sha Hisham Edmilsonga 7 marotaba himoyadan uzun pasni ijro etdi. Ulardan ikkitasini Alijonov bosh bilan qaytarib qoldi. Qolgan 5ta pas esa egasiga etib bordi. "Al Duhayl" bir-biriga o'xshash gollarni urib g'alabani ilib ketdi. 48-daqiqada Edmilson qanotdan yorib kirdi va uni taqib qilayotgan Larin orqada qolib ketdi. Alekseyda raqibni quvishga hol ham yo'q edi, u shunchaki raqib ortidan yugurolmadi. O'sha pallada qatarliklar shu kuni "Paxtakor"ning "nozik" nuqtasi aynan Larin ekanligini sezib qolishdi. Bungacha Olungaga paslarni Azamov, Edmilsonga qanotga uzatilayotgan to'plarda Alijonov qarshilik ko'rsatib turgandi. Endi raqib labirintdan chiqib ketish nuqtasini topib oldi. Buyog'igaBassam Hisham Edmilsonga beradigan uzun paslarini markazga, aynan Larin qo'riqlaydigan zonaga tashlashni boshladi.

O'z o'rnida "Paxtakor" futbolchilari raqibning eng xavfli o'yinchisiga bahs davomida jami 6 bor zarba berish imkonini berishdi. Bunchalik ko'p tepish imkonini berish mumkin emasdi Edmilsonga. U esa shulardan uchtasini golga aylantirdi.

66-daqiqada Hisham 10-raqamdagi sherigiga uzun pas berdi. Larin zonasiga uzatilgan birinchi pasdayoq gol bo'ldi. Bu epizodda Larin belgiyalikka solishtirsa xuddi piyoda yurgandek ko'rindi.


71-daqiqada to'p yana Edmilsonga berildi va uyog'iga futbolchi bir o'zi masalani hal qildi. Alijonov va Hamrobekov unga jiddiy qarshilik ko'rsatisholmadi, Suyunovning esa uzoq burchagi ochiq qolgandi. Eldor o'z-o'zidan uzoq burchakka yo'llangan zarbani qaytarishga ulgurmadi.

 73 va 75-daqiqalarda Olungaga uzun pas uzatildi. Ammo, birida Azamov, birida Suyunov to'pni qaytardi. SHundan keyin Hisham baribir Edmilsonga pas beraverish to'g'ri bo'layotganini angladi. 84-daqiqada Hisham xuddi birinchi goldagi pasini "kopi past" qildi.

Tobi Alderveyreld to'pni Bassam Hishamga uzatmoqda. 5-raqamdagi himoyachi esa to'p hali o'ziga kelmasidan boshini oldinga burib Edmilsonning "zabeganiya" yo'nalishini ko'rib olmoqda. Yani, "nishon"ni belgilab olyapti.


Edmilson Alijonovni aldab uzoq burchakka juda aylanma zarba beryapti.Bu vaziyatda Suyunov darvozabonlar birinchi navbatda yopishi shart bo'lgan yaqin burchak xavfsizligini taminlash uchun turibdi.


Suyunov yaqin burchakni yopayotgandi, to'p esa uzoq burchakka aylanma zarba bilan yo'llandi. Darvozabon va to'p orasidagi masofaga etibor bering, bu erda maksimal tezligi bilan otilsa ham etolmaydi Eldor. Ochig'i, bu to'pga shu turishda, aynan shuncha masofa bor bo'lsa Noyer ham etolmaydi. Sakramaganiga kelsak, katta ehtimol bilan u to'pni chiqib ketadi deb o'ylagan, lekin zarba shu qadar aylantirilgandi-ki, u ustunga tegib gol bo'ldi.

Hojimatning zarbalari to'sin va ustunga tegib, SHarkich zarba ustunga tegib gol bo'lmagandi. Edmilsonning zarbasi ustunga tegib gol bo'ldi. Omad degani shu bo'lsa kerak. Birinchi va uchinchi golda darvozabonning aybi yo'q. Faqatgina ikkinchi golda u Edmilsonning to'p bilan yurish yo'nalishiga qarab uzoq burchakni yopishga urinishi kerak edi, menimcha.

Edmilson shu kuni 6ta zarba berdi, 3ta gol urdi va 3ta "key" pas berdi. Butun o'yinni bir o'zi jamoasi uchun yutib berdi.


CHeransiz ham yaxshi o'ynay olgan "Paxtakor" ertaga Hishamning uzun paslari va Edmilsondan juda ehtiyot bo'lishi kerak

"Paxtakor" CHeran o'ng oyoq mushaklarini cho'zib olib chiqib ketganidan keyin ham zo'r o'ynay olgani hursand qildi. Jamoa birgina CHeranga bog'lanib qolmaganini ko'rsatdi. Dragansiz ham yigitlar ko'plab keskin vaziyatlar yaratishdi. Sobirxo'jaev va Aliboevning paslarini olqishlash kerak, Erkinovning ochilishlariga esa tasanno. Ochig'i, qolgan 3 turda yana kimdir "Al Duhayl" darvozasi oldida bunchalik ko'p keskin vaziyat yarata oladimi yoki yo'q bilmayman. Lekin, o'yin va vaziyatlar bo'yicha qoyil qoldirishdi "sherlar". Edmilson esa bir o'zi hal qildi. Va "Paxtakor" o'yinchilari keyingi 3 bahsda pas berishni qizg'onmasliklari kerak. SHundoqqina bo'sh darvoza qarshisiga chiqib borayotgan sherikni payqab pasni qizg'onmaslik kerak.

SHuningdek, ertangi bellashuvda Bassam Hishamning uzun paslari va Edmilsondan juda ehtiyot bo'lish kerak. Voyneski Larinning o'rniga akademiya tarbiyalanuvchisi SHahzod Azmiddinov (2000 yil tug'ilgan)ni tushirsa ham xato bo'lmasa kerak. Agar yana Larin asosiyda  tushsa Hisham-Edmilson tandemi Alekseyning zonasini "portlatib tashlaydi". Azmiddinovda tezlik ham chakki emas. Birinchi o'yinda Kamen Xadjievning xatolari, uchinchi bahsda Larinning xatolari qimmatga tushdi. Endi Azmiddinovga imkon berib ko'raverish kerak. Ochig'i, ikkinchi goldan keyin bosh murabbiy Azamov va Larinning joyini almashtirib qo'ysa ham bo'lardi. Afsuski, ikki uchrashuvdan beri markaziy himoyada qanday o'ynash kerakligini ko'rsatib kelayotgan Azamov Edmilson tomonga olinmadi.

Nima bo'lganda ham o'sha bahs "Paxtakor" ertaga ijobiy natija ko'rsatishi mumkin deyotgandek. Omad, "sherlar"!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика