So’nggi yangiliklar

03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  0 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  0 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  2 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  8 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  3 00:07АПЛ. "Челси" Эстеваонинг 90+5 дақиқада урган голи эвазига "Ливерпул"ни мағлуб этди  46 23:55"Тобол" ва Шахбоз Умаров Қозоғистон кубогини қўлга киритди  1 23:50"Бухоро" "Пахтакор"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, "Динамо" эса сафарда "Сурхон"ни енгди.  1 23:01Февзи Давлетов: "Негадир бир текис ўйин кўрсата олмаяпмиз"  6 22:38Вадим Абрамов: "Каннаваро "Олтин тўп" олганини биламан. У зўр футболчи бўлган. Афсуски, бизда ўйнамайди, балки мураббийлик қилади"  9 22:10АПЛ. "Арсенал" ва МЮ ўз уйида ишончли ғалабага эришди  10 21:57Александр Хомяков: "Афсуски, кўп гол ўтказиб юбордик"  5

"Paxtakor-79" mashum fojiasiga 41 yil to'ldi Yangiliklar

"Paxtakor-79" mashum fojiasiga 41 yil to'ldi

Teglar :  Paxtakor-79
1979 yilning 11 avgust sanasi o'zbek futbol jamoatchiligi uchun qora harflar bilan yozib qo'yilgan.

Butun xalqning aza tutishiga sabab bo'lgan hodisa Dneprodzerjinsk osmonida sodir bo'lgan. O'shanda o'zbek futboli iftixori sanalgan “Paxtakor” jamoasi azolari samoda halokatga uchrashgan. Bu o'zbek futboli uchun katta yo'qotishga aylangan.

1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo'yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o'tgan. SHu lahzada Toshkent-Gurev-Doneck-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti CHelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to'qnashib ketdi. Fojia erdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo'lgan 178 kishi halok bo'ldi. Ular orasida o'sha vaqtda o'zbek futbolining faxri hisoblangan «Paxtakor»ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo'lgan. Afsuski, ikki dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi. Nikolay Jukovskiy va Vladimir Sumskoyning xatosi shunday fojiaga sabab bo'lgan. Bir vaqtda aloqada bo'lgan bir necha samolyotdan qaysi biri ular tarafidan berilgan buyruqni bajarganini so'rab olishni unutishgan. Yoki lokatorga qarab, samolyotlar qaysi yo'nalishda harakat qilayotganini tekshirishni esdan chiqarib, aviahalokatga sabab bo'lishgan.



13.35.38: 95 daraja burchak ostida 65916 raqamli Tu-134A shu rusumdagi 65735 raqamli boshqa bir samolyot bilan to'qnashib ketadi. Har ikki samolyot uchuvchilari qalin bulut tufayli qarshisidagi samolyotni ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishmagan. 8300 metr balandlikda Moldova samolyoti Minskka qarashli samolyotning qanot qismiga kelib urilgan. Komandir Komarov «Paxtakor» uchayotgan layner boshqaruvini 4500 metr balandlikkacha germetizaciya buzilgan holatda ham ushlab turgan, biroq shundan keyin samolyot keskin ravishda qulashni boshlagan.

Halokat to'g'risida birinchi bo'lib o'sha payt havoda bo'lgan AN-2 samolyoti ekipaji xabar beradi: «Kurilovka hududida qulayotgan samolyot qismlari ko'zga tashlanmoqda. Menimcha, bu TU-134 parchalari».

Ikki laynerning 8400 metr balandlikdagi to'nashuvi natijasida 178 nafar inson halok bo'ldi. 9 oydan keyin bo'lib o'tgan sudda Jukovskiy va Sumskoy ustidan sud qarori elon qilindi. Ular umumiy rejimda 15 yildan ozodlikdan mahrum etilgan.

Ushbu halokatdan juda ko'pchilik o'zini yo'qotib qo'ygan. CHunki o'sha mavsumda «Paxtakor» ishonchli o'yin ko'rsatib, yuqori o'rinlardan joy egallashga haqli ekanligini isbotlab kelayotgandi. Hatto, bazi mutaxassislar jamoaning yaqin yillar ichida Evrokuboklarda o'ynashi mumkinligi to'g'risida taxmin qilayotgandi. Fojia oqibatida nafaqat ko'plab insonlar halok bo'ldi, balki bu o'zbek futbolining rivojlanishiga ham o'zining salbiy tasirini ko'rsatdi. Futbol ichida bo'lgan bir butun bir avloddan ajralib qolganmiz.



Samoda halok bo'lgan o'yinchi va jamoa azolarining ro'yxati mazkur insonlardan iborat:

Idgay Borisovich Tazetdinov 13.01.1933 Murabbiy
Vladimir Vasilevich CHumakov 08.12.1932 SHifokor
Mansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Mamur
Mixail Ivanovich An 19.11.1952 Yarim himoyachi
Vladimir Ivanovich Fyodorov 05.01.1956 Hujumchi
Olim Masolievich Ashirov 25.01.1955 Himoyachi
Ravil Rustamovich Agishev 14.03.1959 Himoyachi
Konstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi
Yuriy Timofeevich Zagumennix 07.06.1947 Himoyachi
Aleksandr Ivanovich Korchyonov 04.05.1949 Yarim himoyachi
Nikolay Borisovich Kulikov 25.04.1953 Himoyachi
Vladimir Vasilevich Makarov 09.03.1947 Yarim himoyachi
Sergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon
Viktor Nikolaevich CHurkin 25.01.1952 Hujumchi
Sirojiddin Ahmadovich Bozorov 10.08.1961 Hujumchi
SHuhrat Mo'sinovich Eshbo'taev 08.02.1959 Hujumchi
Vladimir Valievich Sobirov 14.01.1958 Hujumchi

SHu tariqa ishqibozlarni armonda qoldirib, «Paxtakor» aviahalokatga uchradi. Tez fursat ichida Toshkentga boshqa jamoalardan futbolchilar chaqirilib, jamoa mavsumni davom ettirdi. Uch mavsum mobaynida jamoaga oliy ligadan tushib ketmaslik imkoniyati taqdim etildi. Lekin hayotdan ko'z yumgan butun bir jamoa o'rnini hech kim va hech narsa bosa olmasdi. O'sha mashum halokat tufayli ko'p ming sonli ishqibozlar futboldan butunlay ko'ngil uzishdi.

Ushbu sanada o'zbek futboli tarixida o'chmas iz qoldirgan «Paxtakor»-79ni eslash, yodga olish va ularning haqqiga duo qilish barcha uchun ham qarz, ham farz. Biz o'sha «Paxtakor»ni hech qachon unutmaymiz. Samoda halok bo'lgan 17 nafar qahramonlar doimo biz bilan birga!


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика