Pavel Smolyachenko: "Navbahor"ga qarshi o'yin tomoshabop bo'ldi"
23 iyu 2014 13:28
Yangiliklar
Pavel Smolyachenko: "Navbahor"ga qarshi o'yin tomoshabop bo'ldi"
Osiyo o'yinlarida ishtirok etadigan O'zbekiston terma jamoasi kecha "Navbahor" bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Yig'inda qatnashayotgan va kechagi bahsda zaxiradan o'yinga qo'shilgan "Neftchi" futbolchisi Pavel Smolyachenko o'z fikrlarini bildirdi.
"Ushbu yig'indan ko'zlangan asosiy maqsad futbolchilarni maydonda ko'rib olish. Sababi har ikki kunda bitta o'yin. 26 nafar futbolchi chaqirilgan, ularning barchasiga o'ynash va o'zini ko'rsatish imkoni beriladi. Barcha yigitlar o'zaro inoq va ahil. Terma jamoadagi muhit ajoyib.
"Navbahor"ga qarshi o'yin tomoshabop bo'ldi deb o'ylayman. Menimcha muxlislarga yoqdi. O'z harakatlarim haqida hech nima deya olmayman. Murabbiylar yaxshiroq bilishadi. Kechagi bahsda terma jamoada kim o'zini ko'rsatdi? Menimcha butun jamoa birdek yaxshi harakat qildi", - deydi Smolyachenko.

Fikrlar