Pavel Purishkin: "Oq-tepa" oldiga birinchi o'rinni olish vazifasi qo'yilgan"
30 avg 2019 16:30
Yangiliklar


Pavel Purishkin: "Oq-tepa" oldiga birinchi o'rinni olish vazifasi qo'yilgan"
A PRO-liga 17-turidan o'rin olgan "Iftixor" - "Oq-tepa" uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Pavel Purishkin o'z fikrlarini bildirdi.
"O'tgan turda mag'lub bo'lganimiz uchun bugungi bahsga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Nimalarga qodir ekanligimizni namoyish etdik. Endi uyda "Xorazm" bilan o'ynaymiz, hali kurash oldinda. Rahbariyat oldimizga faqat birinchi o'rinni olish vazifa qilib qo'yilgan. Rahbariyat barcha sharoitlarni yaratib bermoqda, biz tomondan faqat vazifani bajarish qolmoqda xolos", - deydi Pavel Purishkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar