Pavel Nedved: "Ronalduning kelishi jamoamizga xarakter qo'shdi"
18 fev 2019 22:59
Yangiliklar


Pavel Nedved: "Ronalduning kelishi jamoamizga xarakter qo'shdi"
"Yuventus" vice-prezidenti Pavel Nedved Ronaldu jamoani kuchaytirganini takidladi.
"Ronalduning kelishi jamoamizga xarakter qo'shdi. "Yuventus" har doim kuchli g'oliblik ruhiga ega bo'lib kelgan. Ammo, Krishtianu butun jamoaga tasir o'tkaza oladigan nimadir olib keldi. Bu hattoki o'yinchilarga qo'shimcha ishonch bahsh etdi.
Ronaldudan kutgan narsamizni oldikmi? Yo'q, kutganimizdan ham ko'prog'ini olishga erishdik. Biz uni o'yinchi sifatida bilardik. Biroq, hozir uning xarkateri va insoniy jihatlari tufayli shaxs sifatida ham hurmat qilamiz. U faqatgina futbolchi emas", deya Nedvedning so'zlarini keltirdi The Telegraph nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar