Pavar kelasi hafta sudga tortiladi
11 mar 2023 11:55
Yangiliklar
Pavar kelasi hafta sudga tortiladi
"L'Equipe" nashri xabariga ko'ra, olti oy oldin mast holda mashina haydagan "Bavariya" himoyachisi Benjamen Pavar 15 mart kuni sudga boradi.
Uning ishi bo'yicha sud Myunxen okrug sudida bo'lib o'tadi. Pavar ikki oylik maoshi miqdorida jarimaga tortiladi, shuningdek, bir yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi.
Pavarning myunxenliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikrlar