Pavar APL klubi tarkibiga qo'shilishga tayyor
29 iyu 2022 22:29
Yangiliklar
Pavar APL klubi tarkibiga qo'shilishga tayyor
"Bavariya" himoyachisi Benjamin Pavar Londonning "CHelsi"siga o'tishga tayyor.
Pavar Myunxen jamoasining kelgusi mavsumdagi rejalariga kiritilmagan. Klub rahbariyati franciyalik futbolchiga yangi jamoa qidirishni boshlashi kerakligini allaqachon aytib o'tgan.
"Bavariya" 26 yoshli futbolchini 35 million evroga baholamoqda.
O'tgan mavsumda futbolchi 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Pavar "Bavariya"ga 2019 yilning yozida "SHtutgart"dan kelib qo'shilgandi. Himoyachining Myunxen klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Eslatib o'tamiz, Pavar Franciya terma jamoasi safida jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar