Patris Evra: "Lukaku katta xato qildi"
11 apr 2022 23:35
Yangiliklar


Patris Evra: "Lukaku katta xato qildi"
Sobiq futbolchi Patris Evraning fikriga ko'ra, hujumchi Romelu Lukaku "Inter"dan "CHelsi"ga o'tmasligi kerak edi.
"Hozir tanqid qilayotganlar Romeluning Londonda endi kelgan paytlarini eslamayapti shekilli. U yaxshi o'ynagan va ko'plab gollar urgandi. Keyin u jarohat oldi va "Inter"ni sog'inayotganligini aytdi. Bu esa futbolchining atrofidagi mish-mishlar yomonlashishini olib keldi.
U istalgan narx evaziga "CHelsi"ga qaytishga tayyor turgandi. Biroq u o'zi yuqori darajada mavsumni o'tkazgan "Inter"da qolishi kerak edi. Uning bu qarori juda katta xato bo'lib chiqdi, deb o'ylayman", - dedi sobiq futbolchi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar