Patrik Xermann: "Bavariya"ni mehmonda mag'lub etish hissi juda o'zgacha"
23 mar 2015 14:47
Yangiliklar


Patrik Xermann: "Bavariya"ni mehmonda mag'lub etish hissi juda o'zgacha"
Menxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Patrik Xermann mehmonda "Bavariya" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0) haqida o'z fikrini bildirdi.
"Bavariya"ni "Alyanc Arena" mag'lub etish hissi juda o'zgacha. Bu biz uchun kerakli tajriba bo'ladi. Men va yana bir necha nafar futbolchi bu maydonda birinchi martda to'p tepdik. Gol urgandan so'ng o'zimizni tutib turishimiz kerak edi, chunki raqib tezda javob qaytarishi mumkin. Ammo himoyada yaxshi harakat qildik va raqibga imkon berganimiz yo'q. Ikkinchi bo'limda hisobni yiriklashtirishimiz mumkin edi, lekin ikki gol g'alaba uchun etarli bo'ldi" - deydi Xermann.

Fikrlar