So’nggi yangiliklar

14:03Пеп "Милан"га имконият бой берилгач: "Ман Сити" бугун яхшироқ ўйнади"  1 13:36Рожерио Микале: "Мисрликларнинг жанговар руҳи Ўзбекистонни мағлуб этишда ҳал қилувчи рол ўйнади"   14 13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  2 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  1 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   1 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  3 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  14 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  7 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  7 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1

Parvozing baland bo'lsin, “Iftixor”! Yangiliklar

Parvozing baland bo'lsin, “Iftixor”!

Teglar :  Iftixor
O'zbek futboli o'zining uzoq tarixiga ega. Yurtimizda dunyoga mashhur futbolchilar talaygina.

105 yoshli O'zbek futboli.

O'zbek futboli o'zining uzoq tarixiga ega. Yurtimizda dunyoga mashhur futbolchilar talaygina. Masalan, Mirjalol Qosimov, Sergey Lebedev, Azamat Abduraimov,  No'mon Hasanov, aka uka Dúrmonovlar kabi yaqin o'tmish yulduzlari mamlakatimiz dovrug'ini keng dunyoga tanitishda o'zlarining ulkan hissalarini qo'shishgan.

Katta malakaga ega bo'lgan futbol muxlislari xalq jamoasi “Paxtakor”ning o'yinlarini maroq bilan esga olishadi. 1979 yilda aviahalokatga uchragan futbolchilarimizni ko'zda yosh bilan xotirlashadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sportga, xususan, futbolga katta etibor qaratilmoqda. Buning natijasida O'zbekistonda “Millionlar o'yini”ga qiziquvchilar soni kundan kun oshib bormokda. Turli yoshdagi terma jamoalarimiz Jahon chempionatlarida ishtirok etishdi. 1994 yilda bosh jamoamiz Osiyo o'yinlari g'olibi bo'lganida qitamizning manaman degan mamlakatlari O'zbekistonga tan bergandi.

Oradan shuncha yil o'tib, 2018 yilda yana tarixiy g'alabaga guvoh bo'ldik. Jonajon O'zbekistonimizda so'nggi bir yil ichida xalq manfaatlari yuo'lida har bir sohada  olamshumul o'zgarishlar sodir bo'ldi va bu ezgu ishlar davom etmokda. Boshqa sohalar kabi futboldagi islohotlar ham o'z mevasini uzoq kutirmadi.

Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning yurtimizda sportning, xususan, futbolining yanada rivojlanishi uchun olib borayotgan siyosatining natijasi ularoq O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyda o'tkazilgan Osiyo chempinatida oltin medalni qo'lga kiritib, yana bir bor Osiyoni lol qoldirdi.

105 yillik tarixga ega o'zbek futboli Jahon futbolida o'z o'rniga ega. Bugun dunyoning ko'plab mamlakatlari o'zbek futboliga jiddiy qiziqa boshladi. Albatta, bularning barchasi mamlakatimizda sportga, futbolga Davlat darajasida berilayotgan g'amxo'rliklar natijasidir. Bu borada, muhtaram yurtboshimizdan millionlar úyini atrofidagi barcha (oqu-qora)miz har qancha minnatdor bo'lsak ham oz.

 

Marrani baland olgan yoshlar.

Prezidentimiz har safar mamlakat yoshlari haqida alohida to'xtalib, ularni katta marralar sari to'lg'ontirib «…Sizlarning orqangizda mana Men, Prezident turibdi…» deya chorlab kelmokdalar.

SHaxsan Davlat raxbarining  tashabbuslari bilan 2017 yilda tashkil etilgan O'zbekiston yoshlar ittifoqi esa, Prezidentimizning eng yaqin yordamchisidir. Bugungi kunda yoshlarga berilayotgan bunday ulkan etibordan dunyo hamjamiyati hayratda.

Muhtaram yurtboshimizning yoshlarga qarata “Marrani baland oling, ertangi kun siz kabi yoshlarniki” degan gaplaridan ilhomlangan Oltiariqning “Iftixor” futbol klubi mamlakatimizda birinchilardan bo'lib, O'zbekiston yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi.

«Iftixor” futbol klubi kelajakda yurtimiz sharafini jahon arenalarida munosib himoya qiladigan yosh futbolchilarni tarbiyalab, mamlakatimizning barcha yoshdagi Bosh jamoalariga munosib kadrlarni etkazib berishni maqsad qilgan.

Qolaversa, “Iftixor” klubi rahbariyatining asosiy maqsadlaridan yana biri shundaki, jamoa o'z uyinlari va erishayotgan natijalari orqali yon atrofdagi barcha yoshlarni, xususan, uyushmagan yoshlarni o'z atrofiga birlashtirib, ularni bugungi kunda Davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan yuksak etibor va yaratib berilayotgan imkoniyatlardan to'g'ri va oqilona foydalanishlariga erishishdir. Bu borada «Iftixor» jamoasi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi bilan faol hamkorlik kilmokda. Natijada yoshlarimizni yot g'oyalardan asrash, ularni mehnat orqali katta yutuqlarga erishish mumkinligiga ishontirish borasida ham keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirib borilmoqda. Klub rahbariyati hududlardagi cheka-chekka qishloqlarda istiqomat qiluvchi iqtidorlarni kashf etish, chegaradosh tumanlardagi  iqtidorli yoshlarni izlab topishga jiddiy etibor qaratmoqda. Bu yunalishda Klub kam taminlangan, boquvchisini yuqotgan hamda yot g'oyalar tasiri bilan chalgigan yoshlarni o'z tarkibiga olib, ularning iqtidorlarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashmoqda.

— Biz Muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev jamoasidamiz va bundan juda faxrlanamiz, deydi klub rahbari Ahrorjon Ergashev. Mana bugun Pro-ligada o'ynashimiz aniq bo'ldi. Bundan buyon jamoamiz “Iftixor” (O'zbekiston yoshlar ittifoqi) deb ataladi. Albatta, bu yuksak etibor bizga katta masuliyat yuklaydi. Bizga berilgan ishonchni oqlash uchun tunu-kun ishlashga, izlanishga tayyormiz.

Prezidentimizning bunday yuksak etiboriga javoban Biz – vatan ravnaqi yo'lida xizmat qilish uchun marrani baland oldik.

 
Futbolimiz tarixidagi yangilik.


Yuqorida aytib o'tganimizdek, “Iftixor” jamoasi bundan buyon O'zbekiston yoshlar ittifoqi sharafini himoya qiladi. Banaqasi hali dunyo futbolida ham ko'zatilmagan bo'lsa kerak.

Tan olish kerak, bu o'z-o'zidan bo'lib qolgani yo'q. “Iftixor” jamoasi tashkil topganiga endi bir yildan oshiq vaqt bo'lgan bo'lsa-da, jamoa qisqa fursat ichida ulkan natijalarga erishdi. Jamoa Farg'ona viloyati birinchiligida ishtirok etib, 22 jamoa orasiga Viloyat chempionligini qo'lga kiritdi.

Ushbu musobaqa davomida oltiariqliklar deyarli mag'lubiyatga uchrashmadi. O'z maydonidagi o'yinlarda esa Oltiariklik futbol ishqibozlarini xursand kilish maqsadida, chiroyli va gollarga boy uyin namoyish etib borishdi.

Izlanuvchan, Yurt ravnaqi yo'lida tinib-tinichimay mehnat qilayotgan “Iftixor” klubi rahbariyati yuqorida tilga olganimizdek, ulkan rejalar asosida ish boshlashgan.

Katta futbolni sog'ingan va o'z tarixiga ega bo'lgan Oltiariq xalqi katta futbolni juda sog'inishgan. “Iftixor” ularning orzularini amalga oshirdi. Muxlislar har bir uchrashuvda stadionni to'ldirib, jamoalarini qo'llab-quvvatlab turishlari kishining havasini keltiradi. Bir yilda mana shunday kuchli jamoani shakllantirishning, ulkan natijalarga erishishning, futbol ishqibozlarining ko'nglidan joy olishning o'zi bo'lmaydi. Buning zamirida tinimsiz mehnatlar yotibdi.

Jamoa asosan yoshlarga tayanadi. Jamoa safida qishloqning jaydari yigitlari to'p surishadi. Ular orasida kelajakda O'zbekiston terma jamoasi safida to'p suradigan futbolchilar etishib chiqadi.

— Biz bitta futbol klubi bilan cheklanib qolmoqchi emasmiz, — deydi A.Ergashev — Yaqin orada o'zimizning akademiyamizni tashkil etishni rejalashtirganmiz. Asosiy maqsadimiz – O'zbekiston terma jamoalariga munosib bo'lgan yosh futbolchilarni etkazib berish.

O'FA prezidenti Achilboy Ramatov, O'FA 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov xamda Úzbek futboli jonkuyarlarining futbolimiz rivoji uchun qilinayotgan saiy-harakatlaridan ruhlanib, biz ham o'z akademiyamizga ega bo'lishni maqsad qilib qo'yganmiz. Buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solishga harakat qilamiz. Nima uchun kelajakda «Iftixor» futbol klubi tarbiyalanuvchilari dunyoning kuchli klublarida to'p surmasliklari kerak? Yosh iktidorlar orzularini ruyobga chiqishishi uchun biz bugundan harakat qilishimiz darkor.

Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, “Kelajak bugundan boshlanadi”. Biz ham ushbu shiorga amal qilgan holda eng shimarib ishga kirishdik.

 

Oltiariq futboli.

Yuqorida takidlab o'tganimizdek, Oltiariq futboli o'zining boy tarixiga ega. Ushbu tumandan buyuk futbolchilar etishib chiqqan. Bu erda yangi istedodlar ko'p. Xitoyda o'tkazilgan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo'lga kiritgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida Oltiariq tumanidan ikki nafar futbolchi borligi ham so'zimizni isboti bo'la oladi.  Doston Tursunov va Husniddin G'ofurovlar aynan Oltiariq futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi.

SHuningdek, Toshkentning “Lokomotiv” jamoasida to'p surayotgan Sardor Mirzaev ham Oltiariq farzandi sanaladi.

Oltiariq futboli tarbiyalanuvchilari  — Aleksandr Pisarev, Nodirbek Qo'ziboev, Husniddin G'ofurov, Said Abdujabborov, Xasanboy Ergashev, Oybek Axmatov, Ibroxim Nomonov, Oyatulloxon Muhiddinov, Murmirmuxsin va Muhiddin Yusupovlar ham bugungi o'zbek futbolining rivoji uchun o'zlaring munosib hissalarini qo'shishgan va qo'shib kelishmoqda.

Aytgancha, jamoa olib borayotgan selekciya ishlari xam alo darajada yo'lga qo'yilgan.

Ushbu tumanning mo'jaz jamoasi yangi marralar sari qadam tashlashida “Iftixor” klubi rahbariyati bilan elkama- elka turgan Oltiarik xalqining ham hissasi katta bo'ldi.

—  Muhtaram Prezidenitimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoevning O'zbek futbolini yuqori darajaga olib chiqish yo'lidagi harakatlarini ko'rib jim qarab o'tirib

bo'lmaydi, deydi jamoa bosh murabbiyi N. Qo'ziboev — Biz ham yurtimiz futboli rivojiga o'zimizning munosib hassamizni qo'shish maksadida, yaxshi niyatlar bilan ish boshladik.

“Iftixor” futbol klubi kelajakda yurtimiz sharafini jahon arenalarida munosib himoya qiladigan yosh futbolchilarni tarbiyalab, mamlakatimizning barcha yoshdagi Bosh jamoalariga munosib kadrlarni etkazib berishni, yoshlarni bir maqsad yo'lida birlashtirishni maqsad qilib qo'yganmiz.

Har bir sohada ish boshlagan kishi o'z oldiga faqat ulkan rejalarni qo'yadi. Ayniqsa, futbolda yuksak maqsadsiz ko'zlangan manzilga etib borish amri mahol. Buni yaxshi anglagan “Iftixor” klubi rahbarlari ulkan rejalar asosida ish olib borishmoqda. Yangi mavsumni Pro-ligada o'tkazadigan jamoa O'zbekiston yoshlar ittifoqi sharafini munosib himoya qilishiga ishonib qolamiz.

Parvozing baland bo'lsin, “Iftixor”!

Quyida «Iftixor» jamoasining Pro-liga sari bosib o'tgan yo'li haqidagi fotogalereyani taqdim etamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика