So’nggi yangiliklar

09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  0 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  1 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  2 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  2 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  3 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  21 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0

A PRO-Liga. "Xorazm" safarda "Iftixor"ga to'rtta gol urdi Yangiliklar

A PRO-Liga. "Xorazm" safarda "Iftixor"ga to'rtta gol urdi

A PRO-Liga 14-turida "Iftixor" jamoasi o'z maydonida "Xorazm"ni qabul qildi.

Uchrashuv mehmon jamoa vakillarining faol o'yini bilan boshlandi. Dastlabki daqiqalardanoq hujumga otlangan "Xorazm" jamoasi vakilllari tezkor gol kiritishning uddasidan chiqdilar. Bu vaziyatda Miras Karlibaev boshlab bergan hujumni Sarvarbek Jumaniyozov ajoyib zarba bilan "Iftixor" darvozasiga joylab qo'ydi - 0:1.
O'tkazib yuborilgan goldan so'ng maydon egalari ham hujumkorlikni oshirdilar, biroq ko'pgina vaziyatlarda mezbon futbolchilar tomonidan yo'llangan zarbalarni "Xorazm"ning tajribali posboni G'ayrat O'daev bartaraf etishga erishdi.

Birinchi bo'lim so'ngiga qadar har ikki jamoa vakillarida hisobni o'zgartirish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo'lsada, darvozalarga boshqa gol urilmadi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limini har ikki jamoa vakillari faol boshladilar. "Iftixor" jamoasi vakillari hisobni tenglashtirish uchun qilgan astoydil harakatlari samara keltirmadi. Aksincha 64-daqiqada "Xorazm" futbolchisi Muxammadqodir Rahimberganov mezbonlar darvozasiga gol kiritib, hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirib qo'ydi. Oradan 3 daqiqa o'tib mehmonlar futbolchisi Sarvarbek Jumaniyozov o'zining o'yindagi ikkinchi, jamoasining uchinchi golini kiritdi - 0:3. Uchrashuvning 75-daqiqasida zahiradan o'yinga qo'shilgan "Xorazm" futbolchisi Mirzobek Quryozov mezbonlar darvozasiga 4-golni kiritdi, hisob - 0:4.

Nihoyat 83-daqiqada "Iftixor" jamoasi vakillari mehmonlar darvozasiga gol kiritishdi, gol muallifi Boburjon Sattarov bo'ldi - 1:4.

Uchrashuv shu tariqa "Xorazm" jamoasining yirik hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.

A PRO-Liga. 14-tur
"Iftixor" - "Xorazm" 1:4 (0:1)
Hakamlar:
A. Xudoyberganov, O. Qosimov, X. Bahodirov
Nazoratchi: A. Klepikov
Komissar: A. Karabaev
Gollar: Sarvarbek Jumaniyozov, 8 (0:1), Muxammadqodir Rahimberganov, 64 (0:2), Sarvarbek Jumaniyozov, 67 (0:3), Mirzobek Quryozov, 75 (0:4), Boburjon Sattarov, 83 (1:4)
"Iftixor": 1. Jasurbek Abdullaev, 3. Javohir Azamov, 6. Asadbek Mamurov, 9. Boburjon Sattarov, 10. Dilmuhammad Xudoyberdiev, 17. Nurullo Mirzajonov, 19. Yursinali Topvoldiev, 20. Mirzohid Egamberdiev, 25. SHoxrux Yuldashev, 77.Ulug'bek Ismoiljonov, 90. G'iyosjon Tursunov
Zaxira: 13. Abduvohid SHaripov, 14. Bekzod Aliev, 18. Jasurbek G'aniev, 21. Asadbek Yo'ldoshev
"Xorazm": 35. G'ayratjon O'daev, 2. Jasurbek Atadjanov, 4. Timur Bekchanov, 7. Temur Ismailov, 10. Siroj Ro'zmetov, 11. Temur Masharipov, 13. Sarvarbek Jumaniyozov, 14. Mirjalol Qurbonov, 15. Dadaxon Yusupov, 16. Rafiqbek Karimov, 29. Miras Karlibaev.
Zaxira: 1. Eldorbek SHuhratbekov, 3. Ravshanbek Sultonov, 9. Xabibulla Matyoqubov, 17. Farrux Xaydarov, 22. Muxammadqodir Rahimberganov, 38. Mirzobek Quryozov, 44. Maqsudbek Karimov, 77. Tursunmurod Xamdamov

Bekzod Tolibov tayyorladi



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика