O'FA va PFL kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani aniqlangan ikki klubni chetlashtirdi
18 okt 2019 11:55
Yangiliklar
O'FA va PFL kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgani aniqlangan ikki klubni chetlashtirdi
Ushbu hamkorlik natijasi o'laroq, "A" Pro-liga ishtirokchisi "Iftixor" hamda "B" Pro-ligada ishtirok etib kelayotgan "Rash Milk" futbol klublarining kelishilgan o'yinlarga aloqador ekanligi, shuningdek Reglament talablarini qo'pol ravishda buzib kelayotgani aniqlandi.
SHu sababdan O'FAning Intizom va odob-ahloq (etika) va Licenziyalash qo'mitalarining qaroriga asoslanib PFL tomonidan 2019 yilgi mavsumda "Rash Milk" futbol klubiga O'zbekiston chempionatining "V" Pro-ligada, "Iftixor" futbol klubiga esa "A" Pro-ligada ishtirok etish uchun berilgan licenziyalarning amal qilishi tugatildi va ushbu ikki klub musobaqalardan chetlashtirildi.

Malumot uchun, "Iftixor" "A" Pro-ligada 20ta o'yin o'tkazgan holda bor yo'g'i 5 ochko bilan so'nggi pog'onada borayotgan bo'lsa, "Rash Milk" "B" Pro-ligada 21ta uchrashuvdan keyin 41 ochko to'plab, "Lokomotiv BFK" bilan birga ikkinchi o'rinni bo'lishib turgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar