Pardyu: "Hozir 90-yillar emas, "Manchester Yunayted"ni mag'lub etish mumkin"
21 may 2016 12:58
Yangiliklar
Pardyu: "Hozir 90-yillar emas, "Manchester Yunayted"ni mag'lub etish mumkin"
"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Alan Pardyu "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tadigan Angliya Kubogi final bahsi haqida fikr bildirdi.
54 yoshli mutaxassis 1990 yilda o'zi futbolchi sifatida MYUga qarshi bo'lgan turnir finali haqida so'zlab berdi.
"Muxlislarimiz "Uembli"da jamoa g'alaba qozonishini istashyapti. Biz shunchaki finalchi bo'lishni istamaymiz. 1990 yilgi final ishtirokchisi sifatida shuni aytishim mumkinki, o'shanda "Kristal Pelas" g'alaba qozonishi mumkin edi, ammo to'g'risini aytsam, bunga kuchimiz etadi deb o'ylamagandim.
Hozir boshqa davr va g'alabaga ishonaman. Ayni damda "Kristal Pelas"da sovrin yutishni istaydigan futbolchilar guruhi yig'ilgan" - deydi Pardyu.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar