Pardyu: "Agar yaxshi uzatma kelayotgan bo'lsa Bentekega qarshi himoyalanishning iloji yo'q"
11 sen 2016 18:45
Yangiliklar
Pardyu: "Agar yaxshi uzatma kelayotgan bo'lsa Bentekega qarshi himoyalanishning iloji yo'q"
"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Alan Pardyu jamoa hujumchisi Kristian Bentekening "Midlsbro"ga qarshi o'yindagi (2:1) harakatlariga yuqori baho berdi.
"Hujumchi uchun birinchi golni urish juda muhim. Agar qanotdan yaxshi uzatma kelayotgan bo'lsa, Benteke juda xavfli bo'ladi - ko'pchilik himoyachilar bunga qarshi tura olmaydi. Kristianga qarshi himoyalanishning iloji yo'q, ayniqsa u himoyachining orqasida bo'lsa" - deydi Pardyu.
Fikrlar