So’nggi yangiliklar

05:08Илёс Зейтуллаев: "Тарихий жамоанинг бир бўлаги бўлиш учун аста-секин шаклланяпмиз"  0 02:43А Серия. "Милан"дан сўнг "Интер" ҳам 0:2ни 3:2га айлантирган ҳолда ғалаба қозонди  2 00:52Суперлига. "Бунёдкор" ва "Нефтчи" ўртасидаги Тошкентдаги ўйинда 4та гол урилди  0 00:43"Барселона" — "Осасуна" ўйини бугун ўтказилмайди, бунга каталонияликлар тиббий штаби вакилининг вафоти сабаб бўлди  12 00:25Суперлига. "Қўқон-1912" ва "Андижон" ўзаро дуранг ўйнашди  0 00:11Февзи Давлетов: "Ўйиннинг бошида ўтказиб юборилган гол бизга салбий таъсир қилди"  2 00:00А Серия. "Милан" меҳмонда "Лечче"га қарши ўйинда даҳшатли камбэк қайд этди  4 23:57Виталий Левченко: "Чемпионатнинг биринчи ўйини бўлгани учун дастлабки дақиқаларда жамоамда саросима ва ҳаяжон кузатилди"  16 23:23"Манчестер Сити" ўз таркибини "Реал" хавбеки билан кучайтирмоқчи  3 23:00Франция чемпионати. ПСЖ меҳмонда "Ренн"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  5 22:53Александр Хомяков: "Бу ўйин натижасини жанговор дуранг деб ҳисоблайман"  4 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг адолатли натижа бўлди деб ҳисоблайман"  4 22:30Суперлига. "Қўқон-1912" - "Андижон" 1:1  5 22:27МЮ Матетани сотиб олиш бўйича музокараларни бошлади, "Кристал Пелас" 40 млн фунт талаб қилмоқда  7 22:05АПЛ. Ҳусанов Премьер-лигадаги 5-ўйинини ўтказди, "Манчестер Сити" сафарда мағлуб бўлди  12

Pardani yirtib tashlagan Joze, yaxshi tarkibga ega Dionizi, Neapolga kelgan Spalletti - Italiya A Seriyasi yangi murabbiylari Yangiliklar

Pardani yirtib tashlagan Joze, yaxshi tarkibga ega Dionizi, Neapolga kelgan Spalletti - Italiya A Seriyasi yangi murabbiylari

Barcha Kopa va Evro finalini kutayotgan bir paytda A Seriya yangi murabbiylarni tanishtirmoqda.

"Empoli" bilan Italiya B Seriyasini yutgan Alessio Dionizi "Sassuolo"ni qabul qilib oldi. Neapolning "Napoli" klubi rulini esa 1 mavsum dam olgan, so'nggi ish joyi Milanning "Inter" klubi bo'lgan Luchano Spalletti egaladdi. Benazir va so'z ustasi bo'lgan Joze haqida esa siz juda yaxshi bilsangiz kerak.

Quyida yangi murabbiylarning asosiy iqtiboslarini keltirib o'tamiz.

"Sassuolo" murabbiyi Dionizi:

"Ha, bo'ynimda katta masuliyat turibdi, Roberto De Zerbini o'rnini egallash qiyin bo'ladi. Mister dadillik bilan tanlov amalga oshirdi va men unga qoyil qoldim. U menga menga nisbatan ochiq munosabatda bo'ldi, uning maslahatlariga amal qilishga harakat qilaman.

Men futbolchilarni eng yaxshi sharoitda bo'lishini istayman, shunda hammasi ular uchun yaxshi bo'ladi. Men hech qachon bitta taktik tizim hakida o'ylamaganman. Yigitlar faqat mening fikrimga ergashmasdan, umumiy g'oya uchun o'ynashlarini istayman.

Berardi va Lokatellining ketishi hakida: "Ularni terma jamoa safida ko'rish albatta, yoqimli, lekin men bunga javob bermayman. Men murabbiylik qilishni va ular tarkibimda bo'lishini istayman. Ammo transfer bozoridagi qarorni klub hal qiladi".

"Napoli"dagi Spalletti:

"Napoli" – kuchli jamoa. Lekin jamoa ichiga kirib, ularning qanchalik kuchli ekanliklarini ko'rishni sabrsizlik bilan kutyapman.

"Neapol mening ko'ngilochar sayohatimni yakunlaydi: men Rimda - Papasi bor shaharda, Sankt-Peterburgda - Qirollik shahrida, Modalar shahri - Milanda murabbiylik qilganman. Endi afsonaviy Maradona o'ynagan Neapolda murabbiylik qilish – men uchun katta sharaf.

"Napoli"ni CHempionlar Ligasiga qaytarish mening asosiy maqsadim bo'ladi. Kimdir men ushbu tarkibni saqlab qolishim va ushbu tarkibdan kelasi mavsumda ham foydalanishim hakida yozibdi. Ha, hozir chindan ham kuchli tarkib yig'ilgan".

"Roma"dagi "benazir":

"Hali hech narsa qilmagan bo'lsam ham muxlislar iliq kutib olishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu juda ajoyib edi. Klubga va Fridkinlar oilasiga tashakkur deyman, meni ajoyib tarzda kutib olishdi. Juda tasirlandim. 

So'nggi uchta klubimda "CHelsi" bilan sovrin yutdim, "Yunayted" bilan uchta sovringa erishdim va "Tottenxem" bilan Kubok finaliga etib bordim va aynan shu erda 12-o'rindan boshlab, Konferenciyalar Ligasiga  yo'llanma beradigan 6-o'ringacha ko'tarildik. Boshqalar erishmagan natijalar, men uchun falokatli hisoblanadi.

"Manchester Yunayted"da 3 ta sovrin yutdim, buni falokat sifatida baholashdi. "Tottenxem"da esa Kubok finaligacha etib bordim, buni ham falokat deyishdi. Bu men bilan ro'y bergani uchun mudhish hodisa sanaladi, boshqalar uchun bu katta yutuq.

Bizning maqsadimiz — 1-turda g'alaba qozonish. Keyingi maqsadimiz esa 2-turni yutish. Bu klub va jamoa kundan kunga yaxshilanib borishi lozim.

Siz xar doim kuboklar hakida gapirasiz. Biz esa ish va loyiha hakida o'ylaymiz. Kuboklarni vada qilish oson, lekin gap loyiha va uni takomillashtirish hakida boryapti. "Roma" egalari birgina muvaffaqiyatni istashmaydi. Ular muvaffaqiyat qozonishni va unga erishgach, qyin bo'lsa-da, shu darajada qolishni afzal bilishadi.

Sovrin yutish oson, ammo bu orqali siz ish haqini etkaza olmay, pulsiz qolishingiz mumkin. Ammo biz barqaror bo'lishni istaymiz va klub mutasaddilari ham ushbu nuqtai nazarga qo'shiladi".

Joze konferenciya paytida "pauza" ushlab, osilib qolgan pardani yirtib tashladi. U gapirayotgan payt parda juda ko'p shitirlab, uning asabini buzdi.

Xurshid Baxtiyorov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика