Paketa La Ligadan tushib ketishga asosiy davogarlardan biri bo'lgan "Ueska"ga bosh murabbiy bo'ldi
20 jan 2021 08:37
Yangiliklar


Paketa La Ligadan tushib ketishga asosiy davogarlardan biri bo'lgan "Ueska"ga bosh murabbiy bo'ldi
Ispaniya chempionatining bosh autsayderi "Ueska" yangi bosh murabbiy qabul qilib oldi.
52 yoshli Paketa (Xuan Xose Roxo Martin) klub bilan mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi. U ertadan ishga kirishadi. Uning yordamchilari CHema Monson va Xorxe Trigeros bo'lishadi.
"Espanol" sobiq o'yinchisi boy murabbiylik tajribasiga ega - "Numansiya", "Ovedo", "Kartaxena", "Korona", "Erkules", "Ratchaburi" va "Elche" klublarida ishlagan.
"Ueska" La Ligada 18 turdan so'ng so'nggi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar