"Vest Xem" futbolchisi umrbod futboldan chetlatilishi mumkin
05 iyu 2024 00:28
Yangiliklar


"Vest Xem" futbolchisi umrbod futboldan chetlatilishi mumkin
Manbaning xabar berishicha, agar aybi isbotlansa, 26 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasi qoidalariga ko'ra, umrbod futboldan chetlatilishi mumkin.
Paketa Angliya Premer-ligasining to'rtta jamoasi – 2022 yil “Lester” va 2023 yil “Aston Villa”, “Lids” va “Bornmut” jamoalariga qarshi o'yinlarda qasddan qoidabuzarlik sodir etgan.
Taxminan 60 kishi ushbu o'yinlarda 7 dan 400 funt sterlinggacha pul tikib, natijada 100 000 funt sterling yutib olishgan.
Qizig'i shundaki, shubhali bukmekerlik o'yinlari haqida birinchi bo'lib signal bergan bukmekerlik idorasi "Vest Xem" klubining titul homiysi — "Betway" bo'lgan.
Qayd etish kerakki, Paketa 2022 yildan beri “Vest Xem” libosida to'p tepadi. Jamoa 2023/2024 yilgi mavsumni 52 ochko bilan 9-o'rinda yakunladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar