So’nggi yangiliklar

22:56Назорат учрашуви. "Қизилқум" Россия клубини мағлуб этди  0 22:09Назорат учрашуви. "Насаф" Москванинг "Спартак" жамоасига ютқазди  5 21:29Ёзда 250 кишини ишдан ҳайдаган МЮ яна 150-200 ходим ишсиз қолишини эълон қилди  7 21:21Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" - "Фенербахче" ўйини учун таркиблар эълон қилинди  5 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  4 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  4 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  6 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  3 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  2 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  45 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3 17:18"Барселона" ҳимоячисини МЮга сотишга тайёр  11 16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  13 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  8

O'zPFL vakili OFKning licenziyalash bo'yicha seminarida ishtirok etdi Yangiliklar

O'zPFL vakili OFKning licenziyalash bo'yicha seminarida ishtirok etdi

22-23 sentyabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda Osiyo futbol konfederaciyasining Licenziyalash bo'yicha seminari o'tkazildi.

Unda O'zPFL Klublarni licenziyalash va xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i Zoxirjon Akramxonov ishtirok etdi.

OFK tomonidan yangi tasdiqlangan Licenziyalash reglamentidagi o'zgarishlar, qita futbol konfederaciyasining endilikda kuz-bahor tizimiga o'tayotgani va ushbu mavsum almashishining licenziyalashga tasiri, licenziyalash talablarini kuchaytirgan holda ayollar va futzal musobaqalarini yanada takomillashtirish borasidagi yangiliklar seminar ishtirokchilariga tanishtirildi.

OFKning barcha azo mamlakatlari licenziyalash menejerlari qatnashgan seminarda ortda qolgan yilgi professional futbol klublarni licenziyalash sarhisobi amalga oshirildi. Yodingizda bo'lsa, 2021-yilgi licenziyalash yakunlariga ko'ra, 12 ta o'zbek klubi OFK licenziyasiga ega chiqqan edi. Licenziya olgan klublar soni bo'yicha O'zbekiston Yaponiya va Janubiy Koreyadan so'ng BAA bilan 3-pog'onani bo'lishib olgandi. Qolaversa, o'tgan yili qitada dastlabki 4 ta mamlakat qatorida O'zbekistonda ayollar jamoalarini ham licenziyalash jarayonidan o'tkazish yo'lga qo'yildi va Osiyodagi ilk ayollar jamoalari qatorida Jizzaxning “So'g'diyona-W” hamda Toshkentning “Bunyodkor-W” jamoalari OFK licenziyasini qo'lga kiritishdi. Seminarda 2021-yilgi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, endilikda yangi mavsumdan etiboran ixtiyoriy ravishda futzal klublari ham licenziyalashga jalb etilishi malum qilindi.

Ikki kun davom etgan seminarda ayni paytda OFKda faoliyat olib borayotgan o'zbekistonlik 3 nafar mutaxassislar Avazbek Beridiqulov, Sanjar Rizaev va Ahmed Tillaev ham hozir bo'lishdi. Avazbek Berdiqulov seminarning birinchi kunida OFK tashkil etadigan musobaqalar xususida taqdimot o'tkazdi. Sanjar Rizaev esa qita futbol konfederaciyasi tomonidan yo'lga qo'yilgan rivojlanish dasturlari haqida seminar qatnashchilariga malumot berdi.



Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика