So’nggi yangiliklar

01:26Элдор Мойлиев: "Суперлигада ҳамма жамоалар тенг кучли, кимнинг омади келса шу ютиб кетяпти"  2 01:19Баҳром Ҳайдаров: "Узоқ кутилган ғалабага эришдик"  0 00:46Доннарумма "ПСЖ"дан кетади: "Кимдир мени жамоанинг бир бўлаги сифатида кўришни хоҳламади"  5 00:16"Реал Мадрид" мавсумолди ўртоқлик учрашувида Австрия клубини йирик ҳисобда мағлубиятга учратди  4 23:56Максим Шацких: "Ҳатто ютганимизда ҳам дурангга лойиқ ўйин бўлди дердим"  16 23:20"Ливерпуль" "Парма" ҳимоячисини сотиб олмоқчи. Футболчига А Серия грандларидан ҳам қизиқиш бор  0 22:55Левандовски "Олтин тўп"ни ким қўлга киритиши мумкинлиги ҳақида гапирди  6 22:31Суперлига. Аутсайдерлар тўқнашувида "Қўқон-1912" сафарда "Шўртан"ни енгди  11 22:30Сергей Лушчан: "Бу ғалаба жамоамизга олдинга қараб ишлаш ва ривожланиш учун туртки беради"  13 22:10ПСЖ Доннарумма учун 50 миллион евро сўрамоқда. "Манчестер Сити" бу суммани кўп деб ҳисобламоқда  2 21:35Миржалол Қосимов: "Адолатли дуранг қайд этилди, сабаби..."  3 21:34Расман: "Ман Сити" Грилишни "Эвертон"га ижарага берди  0 21:12Акмал Рустамов: "Қизилқум" ҳимоявий футбол ўйнамоқда деб кўп гапиришяпти, мен ушбу фикрга қўшилмайман"  1 20:56Суперлига. Салкам 20 минг томошабин йиғилган ўйинда "Навбаҳор"нинг қўли баланд келди  97 20:29Про лига. "Арал" "Жайхун" устидан ғалаба қозонди  0

O'zPFL to'plarni yashirgan "Navbahor", qaydnomani kech topshirgan "Paxtakor" va rasmiylarga nisbatan ayblovlar elon qilgan "Metallurg"ni jarimaga tortdi Yangiliklar

O'zPFL to'plarni yashirgan "Navbahor", qaydnomani kech topshirgan "Paxtakor" va rasmiylarga nisbatan ayblovlar elon qilgan "Metallurg"ni jarimaga tortdi

9 sentyabr kuni Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda bir qator ishlar ko'rib chiqildi.

"Yig'ilishda eslatib o'tilgan, biroq Tartib-intizom qo'mitasi vakolatiga kirmaydigan, ammo "2022 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti"ning buzilishi holatlari bo'yicha O'zPFL tomonidan jarimalar belgilanadi. 

Unga ko'ra, O'zbekiston Coca Cola kubogining ¼ finalidan o'rin olgan "Navbahor lochinlari" — "Paxtakor" uchrashuvida Reglamentning 2 ta bandi buzilgan. Birinchi navbatda “Paxtakor” futbol klubi 15.8-band bo'yicha qaydnomaga kirishi lozim bo'lgan shaxslar ro'yxatini 90 daqiqa avval emas, balki 60 daqiqa avval taqdim etgan. Bu holat uchrashuv komissariga 15.4-band orqali izohlangan. Vaholanki, mazkur bandning to'rtinchi xatboshisi jamoa uchun emas, komissar uchun tegishli hisoblanadi. Mazkur holat OAV xodimlari, jumladan, uchrashuvlarni teletranslyaciya qiluvchi "Sport" telekanali, qolaversa, mezbon jamoa etiroziga sabab bo'lgan. Boisi "Navbahor lochinlari" futbol klubi bellashuv komissariga qaydnoma bo'yicha shaxslar ro'yxatini 90 daqiqa avval taqdim etgan. Reglament bandining to'g'ridan-to'g'ri buzilishidan kelib chiqib, “Paxtakor” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Mazkur bellashuvning so'nggi 20 daqiqasida "Navbahor lochinlari" futbol klubi rasmiylari tomonidan Reglamentning 16.11-bandidagi holatga zid harakatlarni amalga oshirish boshlangan. Talab bo'yicha maydondagi to'p bilan qo'shib hisoblaganda uchrashuvni tezroq davom ettirish maqsadida 8 ta to'p hozirlab qo'yilishi lozim. SHunga qaramay, mezbon jamoa hisobda oldinda borayotganidan kelib chiqib, "Navbahor lochinlari" klubi rasmiylari to'p uzatib turuvchi bolalar qo'lidagi to'plarni yashirishga harakat qilgan. Mazkur holatga O'zPFL vakillari aralashganidan keyin maydon atrofida 3 ta to'p qoldirilgan. Qolgan to'plar masalasi esa izohsiz qolgan. SHundan kelib chiqib, "Navbahor lochinlari" futbol klubi jarimaga tortildi. 

Malumot uchun, Coca Sola Superligasi 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" — "Navbahor lochinlari" uchrashuvida ham mezbonlar tomonidan shunday harakatni amalga oshirishga urinish komissar tomonidan qayd etilgan. Biroq O'zPFL komissarining talabidan keyin maydondagi 8 ta to'p o'z joyida qoldirilgan.   

SHuningdek, Coca Sola Superligasi 18-turindan o'rin olgan "Paxtakor" — "Metallurg" uchrashuvi yakunida mehmonlar matbuot xizmati tomonidan uchrashuv rasmiylariga nisbatan ayblovlar elon qilingan material chop etildi va klub jarimaga tortildi. Boisi, "Metallurg" futbol klubi Reglamentning 14-bobidan kelib chiqib, qaydnomaga rasmiy etiroz kiritmadi. SHundan kelib chiqilsa, bu erda klub poziciyasi bir xil emasligini ko'rish mumkin. Har bir futbol klubida uchrashuv rasmiylarining harakat yoki harakatsizligiga nisbatan, shuningdek, uchrashuvni tashkil etish bilan bog'liq holatlarga etiroz bildirish huquqi mavjud. Buni qanday amalga oshirish masalalari Reglamentga ko'rsatib o'tilgan", – deyiladi rasmiy xabarda.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика