So’nggi yangiliklar

08:15"Бунёдкор"дан кетган дарвозабон фаолиятини Осиёда давом эттиради   0 07:45Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   45 07:15МАҚОЛА. Катанецнинг терма жамоадаги фаолияти қандай кечди?   43 03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  5 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда ПСЖга мағлуб бўлди  76 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  61 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  20 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  1 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  14 22:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси назорат ўйинида Қатарга мағлуб бўлди  24 21:47Уилфрид Заҳа МЛС клубига ўтди  2 21:24ОКМК назорат ўйинида "Урал" билан дуранг ўйнади  0 21:05Максим Шацкихнинг ёрдамчилари "Пахтакор" академиясида иш бошлади  15 20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0

O'zimizning Rahmonqul aka Yangiliklar

O'zimizning Rahmonqul aka

Rahmonqul Boltaev… Bu nomni respublikamiz sport muxlislari yaxshi bilishadi. Uning jarangdor ovozi mana qirq yilga yakin vaqt ichida respublika va viloyat radio va televidenielarida yangrab kelyapti.
Jismoniy tarbiya va sport, xalq sevgan o'yin - futbolni targ'ibot qilish, yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini tashviqot etishda televidenie, radio va gazetalarda samarali mehnat qilib kelayotgan insonlardan biri, taniqli sport sharhlovchisi Rahmonqul Boltaev bugun 60 yoshga to'ldi.

Rahmonqul Boltaev 1954 yilning 20 aprelida Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi Sultonobod qishlog'ida tavallud topgan.

U qishlog'idagi Alisher Navoiy nomidagi 4-sonli maktabda o'qib yurgan yillaridayok maktab radiouzeli  orqali beriladigan eshittirishlarni olib boruvchi sifatida maktabdoshlarining etiboriga tushgan edi.

O'quvchilik yillarida  respublika radiosi orkali beriladigan Axbor Imomxo'jaev, Roman Turpishev, Nikolay Ozerovlarning reportajlarini tinglab, futbol bilan do'stlashgan yosh Raxmonqul tengdoshlari ichida yaxshi futbol o'ynashi bilan ham ajralib turar va maktab terma jamoasi tarkibida turli xil musobaqalarda ishtirok etar edi.

U o'rta maktabni tugatib 1970 yili Samarkand tibbiyot oliygoxiga o'qishga kirdi.

Institut terma jamoasi saflarida  talabalarning Burevestnik sport jamiyati shahar musobakalarida Samarkandlik tajribali murabbiy Oleg Lvovich SHklyar raxbarligida ishtirok etdi.

Mashq jarayonlari o'sha yillari Dinamo stadionida olib borilganligi bois Rahmonqulni stadion suxandoni sifatida faoliyat olib borishga taklif etishdi. Bir qancha muddat stadionda  suxandonlik kilganidan keyin 1972 yili uni Samarkand viloyat radiosiga taklif etishdi. O'sha yillardagi viloyat teleradiokompaniyasi raisi shoir Dushan Fayziy bilan suhbatdan keyin yosh talaba Rahmonqul Boltaev Samarkand viloyat radiosining jamoatchi sport sharxlovchisi sifatida ham faoliyat ko'rsata boshladi.

U 1976 yili  Dinamo stadionidagi o'yinlardan birida taniqli sport sharxlovchisi Axbor aka Imomxo'jaev bilan uchrashadi.

Axbor aka bilan dastlabki uchrashuvimiz qiziq bo'lgan -deb eslaydi Rahmonqul aka, - bir gal  Dinamo stadionidagi o'yinlardan birini taniqli sport sharxlovchisi va futboldan  respublika toifasidagi  hakam Axbor Imomxo'jaev boshqarib bordilar. Bu paytda men talaba edim va Samarqand viloyat radiosida sport voqealarini sharxlash bilan bir qatorda Dinamo stadionida suxandonlik ham qilardim. Axbor akani sharxlarini tinglab ulg'ayganim, shu insonga bo'lgan cheksiz hurmatim tufayli bo'lsa kerak, stadiondagi minglab muxlislarga o'yinni boshqarib borayotgan hakam nomini to'lkinlanib  aytdim. O'yin birinchi bo'limi tugab, futbolchi va hakamlar echinish xonasiga kirib ketishdi. Men esa  odatdagidek futbol muxlislarini stadion radiosi orkali futbol yangiliklari bilan tanishtirishda davom etdim. SHu payt ortimda kimdir turgandek his paydo bo'ldi. Sekin ugirilib qarab qotib qoldim: xakam libosidagi Axbor Imomxo'jaev menga kulib qarab turardi. U qo'li bilan ishora qilib, o'qing, keyin ko'rishamiz, deb asta chiqib ketdilar. O'yindan keyingi uchrashish bizlarni bir birimizga ustoz va shogird sifatida bir umrga bog'ladi.

 Rahmonqulning  sport sharxlovchisi bo'lishga ishtiyoqi borligini sezgan Axbor aka respublika televideniesida shaybali hokkey bo'yicha  Toshkentning Binokor jamoasi o'yinlarni televidenieda o'zbek tilida sharxlaydigan  sharxlovchi kerakligi haqida gapirib, unga  o'zini bu sohada sinab ko'rishini maslahat beradilar.

Toshkentda Axbor aka Rahmonqulni  yana bir ajoyib sport sharxlovchisi Roman Turpishev bilan tanishtiradilar. SHu tariqa  R. Boltaev 1976 yildan boshlab  taniqli sport sharxlovchisi, O'zbekiston televideniesining sport ko'rsatuvlari bosh muharririyati muharriri Roman Abdullaevich Turpishhev bilan Toshkentdagi Yubiley sport saroyida Binokor hokkey jamoasi o'yinlarin sharxlash bilan O'zbekiston televideniesining sport ko'rsatuvlari muharririyati bilan hamkorligini  boshlaydi. Bu orada Samarkand tibbiyot institutini bitirgan yosh shifokorni Samarkandning Dinamo futbol jamoasi shifokori sifatida ishga taklif etishadi.  SHu tariqa  bir yil mobaynida R. Boltaev sobiq ittifoq ikkinchi ligasi jamoasi bo'lgan Samarkand dinamochilari jamoasida shifokor sifatida ham faoliyat ko'rsatdi.

Ko'pchilik Rahmonqul Boltaevni sport sharxlovchisi, sport sohasini yorituvchi jurnalist sifatida yaxshi bilganliklari uchun uning tibbiyot sohasidagi faoliyatidan kamroq xabardorlar.

Lekin u Gipokrat qasamiga ham bir umr sodiq qoldi.

Mening sport jurnalistikasi sohasiga kirib kelishim, keyinchalik har ikkala kasb bilan shug'ullanishim uchun shifokor do'stlarim yaqindan yordam berishgan-deb eslaydi Rahmonqul aka, -  tibbiyot oliygohini tugatib Samarqandning Dinamo klubida shifokor bo'lib ish boshlaganimda xam, keyinchalik Paxtachi tumanidagi bolalar shifoxonasi bo'lim mudiri, Navoiy viloyati tez yordam stanciyasi shifokori, viloyat sog'likni saqlash boshqarmasi bo'lim boshlig'i, viloyat salomatlik markazi bosh shifokori, Sug'diyona jismoniy tarbiya va sport klubi shifokori, viloyat shifoxonasining bolalar va reanimaciya bo'limlari shifokori, Navoiy tog'-metallurgiya kombinatiga qarashli Salomatlik markazida bo'lim boshlig'i bo'lib faoliyat ko'rsatgan paytlarimda  ana shu tibbiyot muassasalari raxbarlari radio va televidenieda ham faoliyat ko'rsatishim uchun hamma imkoniyatlarni yaratib berishgan.

Buning uchun ulardan bir umr minnatdorman.   

Vaqt o'tishi bilan  O'zbekiston televideniesida  R. Boltaevga shaybali xokkeydan tashqari futbol o'yinlarini sharxlashni ham ishonib topshira boshlashdi, Axborot dasturida sport yangiliklari bilan chiqa boshladi..

1977 yili tibbiyot institutini bitirgan Rahmonqul o'zi  tug'ilib o'sgan Paxtachi tumaniga oilaviy sharoit tufayli qaytishga majbur bo'ldi. CHunki kutilmaganda onasi dunyodan o'tib qoldi va u Paxtachi tumaniga kelib bolalar shifoxonasida shifokor bo'lib ishlay boshladi.

O'z qishlog'ida shifokor sifatida faoliyat olib borgan R. Boltaev shifokor do'sti SHirin Raxmonov bilan birgalikda o'zlari o'qib bitirgan 6-sonli maktab o'quvchilaridan futbol guruhi tashkil etishib, muntazam mashqlar olib borishdi, turli xil musobaqalarda ishtirok etishdi.

 Lekin aynan Paxtachiga qaytganidan keyin unga Toshkentdan o'yinlarni sharxlashga takliflar ko'paydi va Rahmonqul Boltaev  shifokorlik faoliyatini davom ettirgan holda uzoq yillar respublika televideniesining sport sharxlovchisi sifatida Roman Turpishev, Viktor Levin, Konstantin Timoxin va boshka sharxlovchilar bilan hamkorlikda xokkey va futbol o'yinlarini uzoq yillar  sharxlab keldi.

Paxtakor stadionida Turpishhev bilan o'yinlarni sharxlaganimizda, deb eslaydi Rahmonqul aka, - men mikrofon Roman Abdullaevich qo'liga o'tganidan so'ng sekingina chiqib qo'shni xonaga quloq solardim. Bu xonada esa ustozlarimiz SHoabdullo Muxammadjonov, Azim Alimovlar o'yinlarni radio orkali  sharxlashardi. Ularning sharxlari men uchun chinakam saboq edi.

Saksoninchi yillar boshiga kelib  respublika televideniesi orqali reportajlari bilan  sport muxlislariga ancha taniqli bo'lib qolgan R. Boltaevni  yangi tashkil etilgan Navoiy viloyat radiosiga suxandon sifatida taklif etishadi va u  oilasi  bilan 1982 yili  Navoiy viloyatiga ko'chib keldi.

 Navoiy viloyat teleradiokompaniyasining1982 yilningt 23 avgustida birinchi bor efirga berilgan dastlabki  eshittirishida  suxandon sifatida Navoiydan gapiramiz so'zlarini aytib efirga chiqish ham Rahmonqul Boltaevga  nasib etdi.

Viloyat teleradiokompaniyasida faoliyat olib borgan paytlarimda eng unutilmas vokealardan biri Rossiyalik taniqli sport sharxlovchisi, Rossiya xalq artisti Nikolay Ozerov bilan bo'lgan-deb eslaydi Rahmonqul aka, -sport sharhining qirollaridan bo'lgan bu aziz inson Sovet kino reklama agentligi tomonidan O'zbekiston bo'ylab uyushtirilgan taniqli kino aktyorlarining tomoshobinlar bilan uchrashishi dasturi doirasida Navoiy shahriga kelishi lozim edi.Kinoda ham rol o'ynagan Ozerov yil boshida ana shu safarga rozilik berib qo'ygan bo'lsada, kuzga kelib sog'ligi keskin yomonlashdi. SHunday bo'lishiga qaramay u Navoiyga keldi. Sport saroyida minglab muxlislar bilan o'tkazilgan uchrashuv juda hayajonli tarzda o'tdi.Ertasiga viloyat radiosi raxbarlari menga Ozerov bilan uchrashish va intervyu olish vazifasini topshirishdi. Lekin bu qiyin masala edi. Bir kun avval sport saroyidagi uchrashuvdayoq uning ahvoli yaxshi emasligi, jurnalistlar bilan uchrashishi maxol ekanligi ayon edi. Men ovoz yozish uskunasini ko'tarib teleradiokompaniya bilan qo'shni bo'lgan Navoiy mehmonxonasiga bordim.Kutganimdek delegaciya raxbarlari Ozerov betobligini bildirishib, uchrashuv imkoniyati yo'qligini bildirishdi. Mehmonxona foyesida endi ketmokchi bo'lib turganimda eshik ochilib Ozerovning o'zi chiqib qoldi. Vaziyatni so'rab bilgach, menga moy yunyy drug deb murojaat qildi va suhbatimiz uning ahvolidan kelib chiqib juda qisqa bo'lishini bildirdi. Kutilmagan vaziyatdan shoshib qoldim. Xonaga kirganimizdan keyin ham hayajonimni bosib olishim qiyin bo'ldi. Ozerov o'tirishga taklif qilib, Elkangdagi ana u jamadonni olib qo'ysang ham bo'lar-dedi. Men lentaga ovoz yozadigan og'ir diktofonni hali elkamda ko'tarib turgan ekanman. Darxakikat,  uning hozirgi ahvolida suhbatlashish qiyin edi. Rangpar, yuzi shishinqiragan, ko'zlari salqigan, ovozi suniq Nikolay Nikolaevich avval sog'ligidan shikoyat qildi, keyin nima haqda suhbatlashamiz deb so'radi. Men unga Navoiy viloyati sporti, Zarafshon futbol jamoasi, Navoiylik muxlislar haqida gapirib, yakunlangan futbol mavsumi ( voqea kuzda bo'lgan edi) jamoamiz uchun omadli kelganini gapirib berdim va Ozerovdan kelasi yili mavsumida Zarafshonga omad tilashini so'radim va buni yozib olish istagim borligini bildirdim. Nikolay Nikolaevich kog'oz va qalam oldi, Zarafshon va boshqa o'ziga qiyin bo'lgan so'zlarni qanday ifodalanishi bilan qiziqdi va boshla deganday ko'zi bilan diktofon tomon imo qildi. Men ovoz yozish uskunasi murruvatini buradim. SHu laxzada xona bo'ylab o'sha men va siz bilgan Nikolay Ozerovning muborak ovozi yangradi. Bemor Ozerov qiynalib bo'lsa-da, navoiylik futbol muxlislari,  Zarafshon jamoasiga yangi futbol mavsumida omadlar tiladi va so'zini Vash Nikolay Ozerov  so'zlari bilan yakunladi. Men ustozga minnatdorchilik bildirib, unga  sog'liq tilab xayrlashdim. Kelasi yili bahorda  futbol mavsumi ochilishi tantalari chog'ida men Ozerov tilaklarini stadionga eshittirdim. Minglab odamlar bir qalqib tushishdi. Ko'pchilik sharxlovchilar xonasi tomon intildi. Stadion direktori , yonimda o'tirib rus tilida  suxandonlik qiladigan  Lev Abramovich Kaplan esa muxlislar qarshisiga chiqib, ularga bu ovoz  o'tgan yili yozib olinganligini tushuntirish bilan ovora edi…

Sport tashviqotchisi faoliyatini dastlab  Samarkanddagi Dinamo stadion suxandoni sifatida boshlagan  R. Boltaev mana 27 yil bo'libdiki,  Navoiy shahridagi Sug'diyona stadioni  suxandoni sifatida ham muxlislar hurmatini qozonib kelyapti.

Aynan ustozlaridan biri bo'lgan Roman Turpishhevning  tavsiyasi bilan  R. Boltaev O'zbekiston Davlat Universitetining jurnalistika fakultetiga o'qishga kirib, 1993 yili o'qishni  sirtdan bitirdi va endi shifokorlik faoliyati bilan bir qatorda sport jurnalisti sifatida ham faoliyatini davom ettirdi.

1995 yili viloyat raxbarlari R. Boltaevga  Navoiy viloyatida xo'jalik hisobidagi  futbol federaciyasini tashkil etish taklifi bilan chiqishdi. SHu tariqa  u 1996 yili ilk bor xo'jalik hisobidagi Navoiy viloyati futbol federaciyasini tashkil etib, uning ijrochi direktori sifatida qator yillar samarali  faoliyat ko'rsatdi, viloyat futboli rivojiga o'zining munosib hissasini qo'shdi.

SHu yillari  o'zi istiqomat qiladigan mahalla yoshlaridan iborat Sog'lom avlod uchun bolalar futbol klubini tashkil etdi. Bitta mahalla bolalari bilan olib borilgan mashqlar natijasida yillar o'tib ana shu jamoada to'p surishgan yoshlardan Akmal Xolikov oliy ligadagi Qizilqum va Neftchi jamoalarida, Alisher Sanaev Buxoro klubi asosiy tarkibida,  Ixtiyor Xamraev Navoiyning Zarafshon va farzandi Furkatjon Boltaev  Zarafshon shahrining Qizilqum  jamoasi o'rinbosarlari tarkibida to'p surishgan bo'lsalar, yana bir tarbiyalanuvchi sifatida o'g'li Nodirjon Boltaev hakamlik yo'lini tanladi va ayni paytda O'zbekiston birinchiligi birinchi liga jamoalari o'yinlarini boshqarib boryapti

R. Boltaev mazkur futbol klubi qoshida 1997 yili Navoiy shahrida Guli qizlar futbol jamoasini ham tashkil etdi. Asosan mahalla qizlaridan tashkil etilgan jamoa bilan to'rt yil O'zbekiston birinchiligi musobaqalarida muntazam ravishda ishtirok etildi. Futbolchi qizlardan opa-singil Ekaterina, Olesya Pak va Yulya Axmedova keyinchalik Andijonning Andijanka va mamlakat terma jamoasi saflarida vatanimiz sport sharafini munosib  himoya qilishdi.

 2005 yili uni viloyatdagi Zarafshon shahriga taklif etishib, Zarafshon qurilish boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan bolalar futbol internatiga direktor sifatida taklif etishdi. Ikki yil internatda raxbar sifatida ishlaganidan  keyin u bir necha yillar davomida  Qizilqum futbol jamoasida matbuot kotibi sifatida faoliyat ko'rsatdi.

Rahmonqul Boltaevning Zarafshon shahridan Mashal radiosi orqali to'g'ridan to'g'ri futbol reportajlar tashkil etishni yo'lga qo'ydi,  Sport teleradiokanalining Futbol sharxi ko'rsatuviga lavhalar tayyorlab bera boshladi, 2009 yildan hozirgacha  chiqarilib kelinayotgan Voha futboli-Futbol doliny gazetasini tashkil etib, unga muharrirlik qilib keldi.

Aynan Rahmonqul Boltaevning sayi harakati bilan u viloyat televideniesida tashkil etgan Sport olami mualliflik ko'rsatuvida oliy ligadagi Zarafshon shahrining Qizilqum va birinchi ligadagi Navoiy shahrining Zarafshon va Yujanin jamoalari o'yinlari viloyat televideniesi orqali Navoiylik muxlislarga to'liq olib ko'rsatila boshlandi.

Men,  deydi Raxmonkul Boltaev, - O'zbekiston televideniesi va radiosining sport eshittirishlari va ko'rsatuvlari tahririyatida jamoatchi sport sharxlovchisi sifatida faoliyat  boshlab bugungi kunda  bir qo'lida Sport  telekanali,  ikkinchisida Mashal radiosini baland ko'tarib o'zbek sporti targ'ibotiga xizmat qilayotgan O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va viloyat radiosidan Navoiy viloyat teleradiokompaniyasiga aylanib  viloyat xalqi xizmatida bo'laetgan dargohlarda mehnat qilganligim bilan faxrlanaman.

  Ayni paytda  Sport teleradiokanalining Navoiy viloyati bo'yicha muxbiri  va viloyat teleradiokompaniyasi muxbiri sifatida  xizmat qilib kelayotgan shifokor va jurnalist, taniqli sport sharxlovchisi Rahmonqul Boltaev 60-ga kirgan bo'lsada hali tetik, bardam. Xushchaqchaq bu inson paydo bo'lgan joydan kulgu va qah-qaha arimaydi. Barchamizga aziz va qadrdon bo'lib qolgan bu aziz inson  bilan nasib bo'lsa  hali ko'p yillar hamkorlik qilamiz. Bugun esa qutlug' 60-yoshingiz muborak bo'lsin Rahmonqul aka ,  hamisha hozirgidek bardam va xushchaqchaq yuring, ovozingiz yanada jarangdor yangrayversin,  deymiz.

Fursatdan foydalanib, taniqli sport jurnalisti Rahmonqul Boltaevni "Qizilqum" futbol klubi rahbariyati, jamoa azolari va barcha muxlislari nomidan yana bir bora samimiy muborakbod etamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика