O'zil qishki transfer oynasida PSJga o'tishni istamadi
16 fev 2019 13:25
Yangiliklar


O'zil qishki transfer oynasida PSJga o'tishni istamadi
Qishki transfer oynasida PSJ "Arsenal"ning germaniyalik yarim himoyachisi Mesut O'zilni ijaraga olishga tayyor edi.
Malumotlarga ko'ra, xavbek faqat to'laqonli transferni istagan. SHu bilan birga uning boshqa klubga o'tishida futbolchining maoshi muammoga aylangan. O'zilning yillik maoshi 20 mln. evrodan ko'proq.
O'zil "Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri bilan kelishmovchilik tufayli, har doim ham maydonga tushmayapti. SHu sababli klub uni sotib yubormoqchi.
30 yoshli O'zil 2013 yil "Real"dan "Arsenal"ga o'tgan edi. Transfer 47 mln. evro evaziga amalga oshgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar