Ozil: "Orzuim - JCH finalida Angliyaga qarshi o'ynab, asosiy vaqtda g'alabaga erishish"
15 iyu 2018 16:15
Yangiliklar
Ozil: "Orzuim - JCH finalida Angliyaga qarshi o'ynab, asosiy vaqtda g'alabaga erishish"
"Arsenal" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut Ozil JCH-2018 finalida Angliyaga qarshi o'ynamoqchi ekanligini aytdi.
"Angliya milliy jamoasi uning boshqa raqiblari singari saralashda muammoga uchramadi. Bu tayyorgarlik uchun inglizlarga ko'proq vaqt berdi. Ular finalgacha bora oladi deb o'ylayman.
Germaniya - amaldagi jahon chempioni. Ketma-ket ikkinchi sovrin terma jamoamiz uchun katta muvaffaqiyat bo'ladi. Muxlislar bizdan faqat g'alaba kutishmoqda. Orzuim - Angliya terma jamoasi bilan JCH finalida o'ynash va asosiy vaqtda g'alabaga erishish.
Albatta, ko'plab jamoalar mundialda zafar quchishiga ishonmoqda. Ularning orasida Braziliya, Argentina, Ispaniya va Portugaliya bor. Kimdir bizni qolganlardan ko'proq hayron qoldirishi mumkin. Bu Belgiya terma jamoasi bo'lishi ehtimoli katta" - deydi Ozil.
Fikrlar