O'zil "Fenerbaxche" murabbiyi bilan urushib qoldi
05 okt 2021 20:58
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/662075_original.jpg)
![](/upload/storage/662075_220.jpg)
O'zil "Fenerbaxche" murabbiyi bilan urushib qoldi
"Fenerbaxche" ustozi Vitor Pereyra va yarim himoyachi Mesut O'zil o'rtasida ziddiyat kelib chiqdi.
Turkiya chempionatining 8-turidan o'rin olgan "Qosimposha"ga qarshi o'yin (2:1) oxirida murabbiy va futbolchi o'rtasida janjal kelib chiqqan.
Pereyra yulduz xavbekni maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rish uchun chigilyozdi mashg'ulotlarini bajarishga yubordi, u taxminan 40 daqiqa tayyorgarlik ko'rdi, lekin maydonga tushirilmadi.
O'zil sodir bo'lgan voqeaga keskin munosabat bildirdi – u mashg'ulot libosini echib, bosh murabbiy tomon uloqtirdi.
Futbolchi joriy mavsumda "Fenerbaxche" safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar