O'zil "Fenyerbaxche" murabbiyi bilan urushib qoldi

Sherzod Nurmatov
5 okt 2021, 20:58
"Fenyerbaxche" ustozi Vitor Pyereyra va yarim himoyachi Mesut O'zil o'rtasida ziddiyat kelib chiqdi.

Turkiya chempionatining 8-turidan o'rin olgan "Qosimposha"ga qarshi o'yin (2:1) oxirida murabbiy va futbolchi o'rtasida janjal kelib chiqqan.

Pyereyra yulduz xavbekni maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rish uchun chigilyozdi mashg'ulotlarini bajarishga yubordi, u taxminan 40 daqiqa tayyorgarlik ko'rdi, lekin maydonga tushirilmadi.

O'zil sodir bo'lgan voqeaga keskin munosabat bildirdi – u mashg'ulot libosini echib, bosh murabbiy tomon uloqtirdi.

Futbolchi joriy mavsumda "Fenyerbaxche" safida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com