So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  4 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  11 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  8 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  23 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  4 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  10 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

O'zgacha "Napoli" haqida Yangiliklar

O'zgacha "Napoli" haqida

Teglar :  A Seriya "Napoli"
Bu mavsumda, men tomosha qilgan futbol ichida – "Napoli" eng yoqimli va jozibador o'yin ko'rsatmoqda. Ularning o'yini vaqtida telefonga chalg'ishni ham istamaydi odam.

Biz tizimli futbol boshqalarini engayotgan davrda yashayapmiz. Bunga qarshi chiqayotgan va uni rad etayotgan yagona klub – bu "Real". Biroq qolgan hamma, top-ligalarning aksariyat o'rtamiyona klublari ham, tizimli futbol va pozicion harakatlar deyarli avtomatlashtirilgan o'yin qurishga urinmoqda. Va ana endi "Real"ga "Napoli" qo'shilgandek. 

Neapolliklar himoyachilari o'zaro uzoq vaqt to'pni bir-birlariga oshirib o'tirishmaydi. Bu zamonaviy futbolda shaxsan mening asabimga tegadigan faktorlardan biri – to'pni o'z maydonida qisqa paslar bilan shunchaki saqlab turish. Kim va Rraxmani imkon qadar tez va vertikal o'ynaydi. 

Yarim himoyachilar ham maydon markazidagi oldi-qochdi harakatlarni minimallashtirishadi. Lobotka va Angissa to'pni o'zida saqlab turgan vaqtda raqiblarni aldashga, bir nechta raqib etiborini o'ziga tortish va bu orqali keyingi harakatda maydonning boshqa qismida bo'sh qolgan sherigini to'p bilan taminlashga harakat qiladi. Taqib ostida qolganiga qaramay aqlli va keskinlashtiruvchi uzatma, ishoning, bu juda chiroyli. 

Xvicha va Osimxenda ko'pincha bo'sh hudud va birga-bir vaziyat yuzaga keladi. Bu och kuchukning oldiga kattagina laxm go'shtni tashlagandek gap. 

"Napoli" tez va oldinga harakat qiladi. Aksariyat holatlarda bu pala-partish o'yin, harakatlardek tuyuladi. Biroq aslida bu ham rejaning bir qismi va ancha qiyin o'yin uslubi. SHunchaki u boshqa top-klublarning pozicion shaxmatidan keskin farq qiladi. U romantik, to'satdan "portlovchi", qaysidir manoda qiziqqon va yo'qotishlar talab qiladigan, ammo baribir tomoshabop futbol – xuddi chempion Muhammad Alidek. 

Eng qizig'i, Spalletti uni maksimal ravishda tarkibida bor futbolchilarga moslashtirgan. U jamoaga o'zi istagan futbolni singdirishga urinmayapti. Futbolchilar qanday o'yin istayotganini sezib, ularning istagini qanday yo'l bilan umumlashtirish yo'lini topib, bunga imkon yaratib bermoqda. "Inter" keyingi ikki yilda u shunchaki futboldan dam olmagani aniq. Luchano millionlab o'yinlarni qayta-qayta ko'rib chiqqan, dam olib, xayollarini bir joyga jamlagan – mana endi, undan keyin, yaratgan sanat asariga bahoni muxlislar bersa to'g'riroq bo'ladi.


Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика