So’nggi yangiliklar

06:50Миллатлар лигаси. Франция - Италия, Барколя Франция терма жамоасидаги дебют голини 14-сонияда урди аммо якунда жамоаси мағлуб бўлди  0 01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  6 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  2 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  1 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  8 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  4 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0

O'zbekistonning top-7 yosh futzalchisi Yangiliklar

O'zbekistonning top-7 yosh futzalchisi

Teglar :  Futzal
7-11 iyun kunlari 19 yoshgacha bo'lgan futzalchilardan iborat jamoalar o'rtasida O'zbekiston birinchiligining 2016 yilgi mavsumi bo'lib o'tdi.

Besh kun davom etgan musobaqaning finalida Buxoro hamda Samarqand jamoalari o'zaro kuch sinashishdi va unda samarqandliklar penaltilar seriyasida g'alaba qozonishdi.

Bugun O'zbekiston chempionati (U-19)da o'zini ko'rsatgan 7 nafar yosh futzalchilar haqida so'z yuritamiz. Quyida keltiradigan ro'yxatimizdan faqatgina musobaqada ishtirok etgan 19 yoshgacha bo'lgan futzalchilar joy olgan.

1. Ramil Almamedov
13.08.1998, Samarqand


Samarqand darvozasini qo'riqlagan darvozabon har tomonlama o'zini ko'rsatdi. 17 yoshli Ramil Oliy liga havosini ham ko'rib ulgurgan. Yakunlangan mavsumning 2-turida "Nafis" jamoasi bo'lajak chempion "Olmaliq"ni sensacion tarzda mag'lubiyatga uchratganda ham darvozani aynan u qo'riqlagan edi. Buxoroga qarshi final o'yinida ko'p bor jamoasini qutqarib qoldi. Ana shu o'yinlaridan keyin u milliy terma jamoamizning iyun oyi oxirida boshlanadigan yig'iniga chaqirildi.


2. SHoxjahon SHonazarov
31.01.2001, Buxoro


Ushbu bolakayni hozirdanoq bo'lajak yulduz deyishimiz mumkin. Uning o'yinlarini va harakatlarini kuzata turib beixtiyor hayolingizdan o'zbek futzalining eng yorqin vakili Bahodir Ahmedovning o'zginasi degan fikr o'tadi. 15 yoshli SHoxjahon kichik jussasiga qaramay serharakat o'yinchi. O'zidan 3-4 yosh kattalar orasida o'zini mutlaqo hotirjam tutdi. U birinchi o'yindanoq hammaning etiborini o'ziga qarata oldi.


3. Xushnur Erkinov
07.06.1998, Samarqand


Samarqand tarkibida asosan himoyaga javob bergan Xushnur bu vazifani alo darajada bajardi. Hujumga qo'shilgan paytda qanot bo'ylab raqibdan qochib ketishi va "zamax"i juda yaxshi. O'z ustida ishlashda davom etsa, kelajakda ajoyib futzalchi bo'lib etishishi aniq.


4. Doniyor Saidov
03.02.1998, Buxoro

Buxoro hujumlarini yakunlashda asosiy rolni o'ynagan Doniyor Saidovda hujumchilarga zarur bo'lgan jihatlar bor. Kurashuvchan, to'qnashuvlardan cho'chimaydi, eng muhimi imkon bo'lishi bilan darvoza tomon zarba beradi. Bir so'z bilan aytganda Kogondagi futzal maktabining yana bir ajoyib tarbiyalanuvchisi.


5. Akbar Umonov
09.03.1997, O'zbekiston U-19


O'zbekiston yoshlar terma jamoasi azosining o'yiniga nazar tashlar ekanmiz, futzalimizda ajoyib to'purar hujumchi etishib chiqayotganiga amin bo'lamiz. Akbar Usmonov havaskor jamoalar o'rtasida o'tkaziladigan Super ligada 35ta gol bilan to'purarlikni hech kimga bermay kelayapti. U darvozaga yaqinlashishi bilan kuchli va aniq zarba bilan raqib posbonini dog'da qoldiradi.


6. Ilhom Xamroev
16.09.1997, Buxoro


Ilhom Xamroev haqida ko'pchilik eshitgan. Oxirgi bir yil davomida doimiy ravishda O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilmoqda. Yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionatida o'ta sovuqqonligi va barcha to'plarga oxirigacha kurashishi bilan ajralib turdi. Buxoro tarkibi faqatgina Ilhom barcha o'yinlarda deyarli almashtirishsiz o'ynadi.


7. Said Rizo Mirsharofov
08.06.1998, Samarqand


Bir necha kun oldin 18 yoshni qarshi olgan Said Rizo Mirsharofov yuqori texnikaga ega ekanligini ko'p bor ko'z-ko'z qildi. Uning shaxsiy imkoniyatlari juda yuqori, qiyin pallada individual harakatlari evaziga jamoani vaziyatdan olib chiqib keta oladi. Ushbu musobaqada eng yorqin o'yin namoyish etgan futzalchi bo'ldi. Raqib darvozalariga jami 16ta to'p kiritdi va to'purarlikni qo'lga kiritdi. SHu tempda davom etsa unga Oliy liganing etakchi jamoalari og'iz solishsa ham ajablanmayman. Aynan chiroyli o'yini evaziga u ham shu oy oxirida boshlanadigan yig'inga taklif etildi.

Bugungi maqolani yoshlar o'rtasida O'zbekiston chempionatida o'zini ko'rsata olgan futzalchilarni alohida ko'rsatgan holda ularni ruhlantirish maqsadida yozdim. Ushbu 7 nafar yosh o'yinchilarga bundan havolanib ketmaslikni aytgan bo'lardim. Sizlar hali yoshsiz va xatolaringizni tuzatish uchun vaqtingiz etarli. Har qanday holatda ham raqibni hurmat qiling, raqibga nisbatan hurmatsizlik mag'lubiyatga olib keladi. Ayni paytda sizlarni oldingizdagi eng xavfli narsa bu "yulduz ushlab olish"dan tiyilish, o'tish davrini sovuqqonlik bilan ortda qoldirish juda muhim. SHundagina kelajakda terma jamoa darajasidagi ajoyib futzalchi bo'lib etishasiz.

Hozircha siz qilishingiz kerak bo'lgan narsa - ishlash, ishlash va yana ishlash.

Tolibjon Qosimov

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика