So’nggi yangiliklar

17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  0 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  3 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  29 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  0 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  10 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  3 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9

O'zbekistonning OK-2015dagi raqiblari bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishdi Yangiliklar

O'zbekistonning OK-2015dagi raqiblari bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazishdi

O'zbekiston milliy terma jamoasining OK-2015 final bosqichidagi raqibi - Xitoy milliy terma jamoasi sentyabr oyida ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.
Alen Perren bosh murabbiyligidagi Xitoy milliy terma jamoasi 4 va 9 sentyabr kunlari o'z maydonida ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Xitoy terma jamoasi dastlab o'z maydonida Kuvayt terma jamoasini qabul qildi va 3:1 hisobida g'alaba qozondi. 9 sentyabr kuni esa, Xitoy Xarbin shahrida Iordaniya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Avvalroq xabar berganimizdek, Xitoy terma jamoasi oktyabr va noyabr oylarida 2tadan, dekabr oyida esa uchta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishni rejalashtirgan. FIFA rasmiy saytiga ko'ra, Xitoy milliy terma jamoasi oktyabr oyida Falastin va Paragvay terma jamoalariga qarshi maydonga tushsa, noyabr oyida o'z maydonida Yangi Zelandiya va Gonduras termalariga qarshi o'yinlar o'tkazilishi rejalashtirilgan. SHuningdek, 13 va 17 dekabr kunlari Pekinda Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazilishi ham rejada bor. Alen Perren bosh murabbiyligidagi Xitoy termasining Osiyo Kubogi bahslari oldidan so'nggi uchrashuvi 21 dekabr kuni Falastin terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.

OK-2015 guruh bosqichidagi yana bir raqib Saudiya Arabistoni terma jamoasi ham 8 sentyabr kuni London shahrida Avstraliya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazib 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Saudiya Arabistoni terma jamoasi oktyabr va noyabr oylarida jami yana 5ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan. Hususan, 10 va 15 oktyabr kunlari Jidda shahrida Urugvay va Livan terma jamoalariga qarshi o'yinlar o'tkazilsa, noyabr oyida Qatar, Bahrayn va Yaman terma jamoasiga qarshi o'yinlar o'tkazilishi rejalashtirgan.

Osiyo Kubogi-2015 guruh bosqichidagi so'nggi raqib KXDR terma jamoasi esa 11 noyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish borasida kelishib oldi.

Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi ham oktyabr va noyabr oylarida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi. Unga ko'ra 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. 10 va 14 oktyabr kunlari esa Dubayda Bahrayn va BAA milliy terma jamoalariga qarshi o'yinlar bo'lib o'tadi. Qosimov shogirdlari dekabr oyida ham ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishlari rejalashtirilgan. Dastlab, 13 dekabr kuni BAAning Dubay shahrida Falastin termasiga qarshi uchrashuv bo'lib o'tadi. OK bahslaridan oldingi so'nggi o'yin esa 28 dekabr kuni Iroq terma jamoasiga qarshi o'tkaziladi.

Malumot o'rnida, dekabr oyida milliy terma jamoa BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi va ushbu yig'in Mirjalol Qosimov shogirdlari uchun Osiyo kubogi-2015 musobaqasi uchun so'nggi tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика