So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  2 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  3 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  4 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

"O'zbekistonni faqat xaritadan ko'rganman. Kelajakda borish niyatim yo'q emas"- Zagreb ko'chalariga sayohat, xotirjam Boshkovich, bugungi raqib haqida (XORVATIYA KUNDALIGI) Yangiliklar

"O'zbekistonni faqat xaritadan ko'rganman. Kelajakda borish niyatim yo'q emas"- Zagreb ko'chalariga sayohat, xotirjam Boshkovich, bugungi raqib haqida (XORVATIYA KUNDALIGI)

"Bunyodkor" o'rinbosarlarining Xorvatiyada o'tkazayotgan yig'ini ayni qaynoq pallasiga etib keldi. Mashg'ulotlar reja asosida ketmoqda.

Bunday uzoq muddatli yig'inlarda bir xillik, faqat mashg'ulot va o'yin bilan cheklanish futbolchilarni zeriktirishi tabiiy hol. Mana shu omilni hisobga olgan Ivan Boshkovich jamoa azolarini Xorvatiya poytaxti Zagreb shahriga sayohatga chorladi. Dastlab avtobusda, keyin esa piyoda toza havoda shahar bo'ylab sayr qildik. Qaysidir manoda bu maydonni o'zimizning Amir Temur xiyoboni va unga tutash ko'chalarga o'xshatdim. SHaharda kechga yaqin hayot qaynamoqda. Ishdan keyin aholi oilasi, do'stlari bilan hordiq chiqarmoqda. 

SHu onda yo'limizda uchragan do'konlardan biriga kirdik. Tilimizdan bu erlik emasligimizni payqagan sotuvchi ayol Kristina darhol qaerdan ekanligimiz bilan qiziqdi. Muloqot ingiliz tilida bo'lib o'tdi. 

- Xonim biz O'zbekistondanmiz. Do'koningizga esdalik sovg'alari olish uchun kirdik. 

- O'zbekiston? Men bu davlatni faqat xaritada ko'rganman. Kelajakda borish niyatim yo'q emas. Samarqand, Buxoro haqida eshitganman. Sizlarni do'konimda ko'rganimdan xursandman. 

O'zimiz uchun kerakli narsalarni oldikda keyingi bekat tomon yo'limizda davom etdik. Hamrohim doimgidek jamoa shifokori Ikrom Toirov, birozdan so'ng safimizga Xurshid Ubaydullaev, Diyor Karimov qo'shildi. Ikki safardan beri raqib murabbiylarining etiboriga tushayotgan Xurshid yanada o'z ustida ishlasa, ajab emas shu yig'in bahona evropa jamoalariga yo'l olsa. 

Xorvatiya tarixidagi muhim kishilardan biri Yosip Elachich maydoni.

 

Zagrebda oqshom. Bugunga kelib shahar aholisi so'nggi malumotlarga qaraganda 806 mindan oshgan. 


SHaharning yuqoridan ko'rinishi. 

Esdalik uchun umumiy surat. 

Poytaxtdan qaytgan jamoa azolari ertasi kuni kechki mashg'ulotlarni doimgidek " NK Polet" stadionida o'tkazdi. Undan avval esa Ivan Boshkovich nazariy mashg'ulotlarda videolar orqali futbolchilarning xatolarini va kamchiliklarini aytib o'tdi. Maydondagi mashg'ulotlarda to'p bilan ishlandi. Murabbiy futbolchilardan oxirigacha kurashishni talab qilmoqda. "O'yinda qiynalgandan ko'ra, mashg'ulotda ikki karra qiynalgan yaxshi",- deydi Boshkovich. 



Ushbu maydonga qarama-qarshi tomonda "qaldirg'ochlar"ning navbatdagi raqibi "NK Polet" shug'ullandi. 



Futbolchilarni chalg'itmaslik maqsadida bugungi raqib "NK Polet"ning mashg'ulotlarini kuzatdim. Klub Xorvatiya uchinchi ligasida ishtirok etadi. Jamoaning o'rtacha yoshi 26,5. Bosh murabbiy Matiya Kristich, 43 yoshda. Bo'ydor futbolchilari hisobiga ko'proq ikkinchi qavatda vaziyatlar ko'p yaratadi. Yakka kurashlarda deyarli imkoniyat qoldirmaydi.  Bu haqida kechki taomda Ivan Boshkovich bilan kichik suhbat bo'ldi. 

- SHogirdlaringiz ancha qiynalib qolishi mumkin, raqib safida yoshi katta va bo'ydor o'yinchilari ko'p ekan. Jismonan baquvvat ham. 

-  Agarda futbolchilar tez o'ylab, to'pni bir-biriga tez uzatib vaziyatdan chiqib ketsa ularning bo'yi hech narsani hal qilmaydi (xotirjam ohangda). 

Klub uy uchrashuvlarini "NK Polet" stadionda o'tkazadi. Quyidagi havolada arena haqida batafsil malumot berilgan. Mazkur bahs tafsilotlari bilan keyingi kundaliklarda o'rtoqlashaman. Bizni kuzatishda davom eting. 

 

 Xorvatiya terma jamoasi mashg'ulot o'tadigan maydonga sayohat va stadion bosh menejerining fikrlari (KUNDALIK)

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика