O'zbekistonlik murabbiy Maldiv orollari terma jamoasini boshqarganini bilasizmi?
11 iyu 2022 00:31
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/705032_original.jpg)
![](/upload/storage/705032_220.jpg)
O'zbekistonlik murabbiy Maldiv orollari terma jamoasini boshqarganini bilasizmi?
Bo'lajak raqibimizni ayni damda italiyalik Franchesko Moriero boshqaradi. Ushbu murabbiy o'z davrida "Roma", "Inter" va "Napoli" jamoalaridagi futbolchilik faoliyati bilan tanilgan. 2021 yildan boshlab Maldiv orollari bosh murabbiyi sanaladi.
Eng qizig'i, Maldiv orollari terma jamoasiga 1999-2001 yillar davomida o'zbekistonlik mutaxassis Vyacheslar Soloxo ustozlik qilgan. Ushbu murabbiy qo'l ostida jamoa 1999 yil Hindistonda o'tkazilgan Janubiy Osiyo futbol federaciyasi Oltin kubogida bronza medali sohibiga aylangan.
Vyacheslar Soloxo esa futbolchilik faoliyati davomida "Paxtakor", CSKA (Rossiya), "SHaxtyor", "Qayrat" (ikkalasi ham — Qozog'iston) kabi jamoalarda to'p tepgan. Murabbiy sifatida O'zbekiston ayollar terma jamoalarida, shuningdek, "Paxtakor" va "Bunyodkor" klublarida turli lavozimlarda ishlagan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar