O'zbekistonlik hakamlar Saudiya Arabistoni chempionati uchrashuvini boshqarib borishadi
Alisher
12 fev 2022, 15:18
Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Hakamlar qo'mitasining taklifiga binoan, chempionatning navbatdagi turida o'zbekistonlik hakamlar ishlaydigan bo'ldi.
Xususan, Al-Raid - Al-Taavun uchrashuvida Ilgiz Tantashev bosh hakam vazifasini bajaradi, unga qanotlarda Andrey Tsapenko va Timur Gaynulin yordam beradi.
Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.