O'zbekistonlik hakamlar Osiyo Kubogi saralash bosqichiga tayinlov oldi
05 sen 2023 18:06
Yangiliklar


O'zbekistonlik hakamlar Osiyo Kubogi saralash bosqichiga tayinlov oldi
Xabaringiz bor, kelasi yilning bahorida Qatar yashil maydonlarida U-23 Osiyo Kubogi musobaqasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ushbu musobaqaning saralash bahslari esa ertaga start oladi.
"Ahamiyatli jihati shundaki, saralash bosqichiga chaqirilgan vakillarimiz ham ertaga o'z debyutini amalga oshiradi. 2 nafar FIFA hakamimiz — Ahrol Risqullaev hamda Sanjar SHoyusupov Koreyaning CHangvon shahrida o'tishi rejalashtirilgan "B" guruhi doirasidagi Koreya U-23 – Qatar U-23 terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda ishlash uchun tayinlov olgan.
Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan ertaga, 6 sentyabr kuni soat 16:00 da start oladi", – deyiladi O'zFHM xabarida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar