O'zbekistonlik hakamlar ayollar o'rtasidagi U-17 Jahon chempionatida Ispaniya – Meksika uchrashuvini boshqarib borishadi
14 okt 2022 10:14
Yangiliklar


O'zbekistonlik hakamlar ayollar o'rtasidagi U-17 Jahon chempionatida Ispaniya – Meksika uchrashuvini boshqarib borishadi
Hindistonda davom etayotgan 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi Jahon chempionatining “C” guruhidan o'rin olgan Ispaniya – Meksika bahsida o'zbekistonlik hakamlar ishlaydi.
Uchrashuvda Edita Mirabidova bosh hakam vazifasini bajaradi. Unga yana bir vatandoshimiz Kristina Sereda yordamchi hakam sifatida ko'maklashadi.
Mazkur o'yin 15-oktyabr kuni soat 20:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, Edita Mirabidovava va Kristina Sereda ilk turda "A" guruhidan joy egallagan Marokash – Braziliya (0:1) o'yinida faoliyat olib borgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar