O'zbekistonlik hakam sohil futboli bo'yicha jahon chempionatida ishlaydi
11 may 2015 12:05
Yangiliklar

O'zbekistonlik hakam sohil futboli bo'yicha jahon chempionatida ishlaydi
Sohil futbolidagi o'zbekistonlik yagona FIFA referisi hisoblangan Baxtiyor Namozov Portugaliyada bo'lib o'tadigan Jahon CHempionatida ishlaydi.
9-19 iyul kunlari bo'lib o'tadigan Jahon CHempionati Baxtiyor Namozov uchun ikkinchi mundialdir. U bunga qadar 2013 yili Taitida bo'lib o'tgan chempionatga chaqiruv olib, jami 7ta o'yinda ishlagan.
Namozov barcha qitaning eng kuchli terma jamoalari ishtirokida har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan Qitalararo Kubok o'yinlarida, shuningdek, Osiyo CHempionatlarida ham hakam sifatida ishtirok etgan.

Fikrlar